Psixologiyadan fanidan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari

Psixologiyadan fanidan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyadan fanidan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyadan fanidan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari R Ye J A: Psixologiyadan yoziladigan kurs ishlarining maqsad va vazifalari. Kurs ishlari turlari va bosqichlari. Psixologiyadan yoziladigan bitiruv malakaviy ishlari. Bitiruv malakaviy ishga qo'yiladigan talablar. Bulgusi o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik tizimida psixologiyadan kurs ishlari yozish muhim urin tutadi. Kurs ishlari yozishning asosiy maqsadi talabalarning psixologiyaga doir ilmiy adabiyotlar, risola va makolalar (ruznoma va oynomalarda chop etilgan makolalar xam kiradi) bilan ishlash malakasini takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan bog'liq dastlabki ko'nikma va malakalarni hosil qilishdir. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni kulga kiitgan hozirgi vaqtda yuqori malakali o'qituvchilarni tayyorlash Respublikamiz oliy maktablari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani muvaffakiyatli xal etilishi uchun talabalarimizni maktabdagi o'quvchilar bilan ish olib borishga, o'quvchilarning psixik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga urgatmogimiz zarur. Talabalarning ish faoliyatini ana shu tarika yunaltirib borish ularni amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, nazorat ishlari, kurs ishlari hamda bitiruv malakaviy ishlari singari mustaqil ish turlari ustida kunt bilan ishlashga ragbatlantiradi. Kurs ishlari asosan 2 xil bo'lib. Ular Nazariy kurs ishlari Eksperimental kurs ishlaridir. Nazariy kurs ishlari yozishda odatda psixologiyaga oid ilmiy adabiyotlarni (manbalarni) mavzuga karab tahlil qilish nazarda tutiladi. Nazariy kurs ilari yozish quyidagi ish bosqichlarida olib boriladi: a) mavzu tanlash b) adabiyotlar tanlash (manbalar tanlash) v) reja tuzish g) mazmunni bayon etish d) xulosa chiqarish Kurs ishlari mavzulari psixologiya kafedrasi o'qituvchilari tomonidan tuziladi, kafedra yigilishida muxokama kilinib, tasdiklangandan sung talabalar etiboriga havola etiladi. Kurs ishlari mavzularini talabalar ixtiyoriy ravishda tanlab oladilar. Kafedra tomonidan talabalarga kurs ishi yozishlarida uslubiy va nazariy jihatdan yordam berish uchun ilmiy rahbar tayinlanadi. Ilmiy rahbar talabaga reja tuzishda, mazmunni bayon etishda va zaruriy ilmiy psixologik xulosalar chiqarishda, nazariy xulosalarni amaliyot bilan boglab olishga yordam beradi. Kurs ishi yozayotgan talabalarga doimiy ravishda amaliy yordam kursatib boriladi. Ilmiy rahbar tomonidan individual suhbat va konsultatsiyalar uyushtiriladi. Eksperimental kurs ishlarida esa ilmiy adabiyotlar tahliliga qo'shimcha tarzda o'quvchilar bilan tajriba o'tkaziladi (ular kuzatiladi, tadqiqot o'tkaziladi, anketa tarkatiladi, suhbat o'tkaziladi va x.k.) Eksperimental kurs ishlari quyidagi tartibda bajariladi: a) Tanlangan tadqiqot mavzusini nazariy jihatdan ishlab chiqish (adabiyotlarni tanlash, ularni tahlil qilish, tadqiqot muammosini ajratib ko'rsatish). b) tadqiqotda ishlatiladigan metodikalarni (uslublarni) tanlash. v) o'quvchilar bilan tajriba olib borish. g) Olingan natijalarni statistik ishlab chiqish va psixologik talqin qilish. d) Xulosalar chiqarish. Maktab sharoitida tadqiqot metodikasini tanlash talabalar uchun qiyinchilik tugdiradi. Chunki ularda metodikalardan maktab sharoitida foydalanish tajribasi yuk. Shu sababli kurs ishining ilmiy rahbari murakkab bo'lmagan tadqiqot ishlarini - kuzatish, anketa o'tkazish, insho olishni, suhbat va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.32 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.32 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga