Psixologiyaga kirish

Psixologiyaga kirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyaga kirish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Umumiy psixologiya fani haqida tushuncha. 2. Psixika sohasidagi turli xil qarashlar. 3. Psixika bosh miya va nerv sistemasining mahsuli ekanligi. 4. Psixikaning reflektor tabiati. 5. Psixika va ong. 6.Asab tizimining tuzilishi. 7.Miya tuzilishi Ongning tuzilishi Miya va psixika Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy maxsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko'p sonli maxsus a'zolari vositasida amalga oshiriladi. Ulardan bazi birlari ta'sirotlarni qabul qilsa, boshqasi ularni signallarga aylantiradi, xatti-harakat rejasini tuzadi va uning ijrosini nazorat qiladi, uchinchi bir xili xatti-harakatga kuch-g'ayrat va shiddat bag'ishlaydi, to'rtinchi xili mushaklarni harakatga keltiradi va hokazo. Ana shu murakkab ishning hammasi organizmning tashqi muhitga faol muvofiqlashuvini va hayotiy vazifalarning hal etilishini ta'minlandi. Bir hujayrali, masalan, amyoba kabi organizm na ovqatni idrok etish uchun, na uni izlash uchun, na uni hazm qilish uchun hech qanday ixtisoslashgan a'zolarga ega emas. Yolgiz bittagina hujayraning o'zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi azo bo'lsa kerak. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda a'zolarning ixtisoslashuvi oziqani farqlash, xavf- xatarni juda tez va aniq sezish imkonini beradi. Ixtisoslashuvning yakkayu-yagona funksiyasi signallarni idrok etishdan iborat hujayralarning paydo bo'lishida o'z ifodasini topadi. Bu hujayralar retsentorlar (tashqi muhitning ta'sirini qabul qiluvchi apparat) deb atalmish hujayralar guruhini tashkil etadi. Boshqa xyjaypalap mushak to'qimalari ishini yoki turli xil bezlarning shira chiqarishini o'z zimmasiga oladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Hayot a'zolari va funksiyalar o'rtasida uzluksiz aloqa bo'lishini, harakatlarning tevarak-atrofdagi narsalardan va organizmning o'zidan bo'ladigan signallar oqimi bilan kelishilgan bo'lishini taqozo etayotgan bir paytda ixtisoslashuv a'zolari va funksiyalarni bir-biridan ajratadi. Bunga organizmning asosiy «boshqaruv pulti» - yaxlit bir butun narsa sifatida harakat qiladigan markaziy asab tizimi vositasida erishiladi. Asab tizimi tuzilishining umumiy plani barcha umurtqalilarda bir xil. Uning asosiy elementlari asab hujayralari yoki neyronlar bo'lib, ularning vazifasi qo'zg'atishdan iboratdir. Heyron hujayra tanachasidan va tanachaning shoxlab ketgan usimtalari - qo'zg'atishni qabul qiluvchi dendritlardan va qo'zg'atishni boshqa neyronlarga o'tkazadigan tolalar - aksondan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki boshqa neyronlarning hujayra tanasi bilan bog'lanadigan nuqta sinaps deb ataladi. Shu nuqtada neyronlar o'rtasida funksional bog'lanish yuz beradi. Asab tizimidagi yangi bog'lanishlarning hosil bo'lishi mexanizmini tushuntirib berishda sinaps hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sinaps - ko'zg'alish bo'yicha qo'yilgan o'ziga xos to'siq bo'lib, qo'zg'alish uni engib o'tishi kerak. Bazi to'siqlar engish osonroq, boshqalarini esa qiyinroq, ayrim hollarda ikkala yo'ldan birini tanlashga to'g'ri keladi. Markaziy asab tizimining o'zi ikki qismdan - bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 mil-dga yaqin) bilan qoplangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.31 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.31 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga