Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari

Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari Reja: 1.Kuzatish metodi. 2. Eksperiment metodi. 3. Suhbat va anketa. 4. Biografik metod. 5. Faoliyat mahsulini o'rganish metodi. 6. Ilmiy tadqiqot bosqichlari Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo'zg'atuvchilarga ichki yoki tashqi bio-logik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta'-sirning natijasida hosil bo'ladi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog'lanishlarining birlashish mexanizmi hamda ana-lizatorlar faoliyati mexanizmlari ta'sirida hosil bo'ladi. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini -uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o'rganishdir. «Odam-ning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo'lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, ir-siy belgilar, ijtimoiy ta'sir asosiy omillar hisoblanadi. Inson o'zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtira bo-radi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg'ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e'tiqodi, uni faollikka da'vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilak-lari, xohishlari asta-sekin o'zgarib boradi. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o'zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to'laroq, aniqroq aks ettirish im-koniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo'sindagi o'zaro bog'lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o'ziga munosabati vujudga keladi. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks et-tirishda namoyon bo'ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechira-yotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odam-larning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi obyektiv borliqqa va o'ziga faol ta'sir ko'rsatishida sodir bo'ladi. O'yinni kuzatishi, mehnati, o'qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxs-ning psixik rivojlanishini ifodalaydi. Psixologiyaningan'anaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o'zini o'zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshi- riladi: kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; kuzatiladigan obyekt tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi; kuzatish qancha davom etishi qat'iylashtiriladi; kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o'yin, o'qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o'tkazilishi) ta- yinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg'ulari, nerv sis-temasiningtashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.57 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.57 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga