Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratilishi Reja: Assotsiativ psixologiya. Eksperimental psixologiya. Veber va Fexner. V. Vundt. Assotsiativ psixologiya Bekon va Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlarni aniklashdan iborat edi. Yuqorida aytilganday, Bekon bilan Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va protsesslarga birikishida buysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan, Gobbs psixik hodisalar intilish va qochish qonuniga buysunadi deb hisoblagan. XVII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar ideya - tasavvurlarning yaxlit bo'lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar, Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta'limot bir vaqtda ham idealistiq ham materialistik yo'nalishda paydo bo'di. Idealistik yo'nalishning vakili (va umuman assotsiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711-1776 y.) edi. Uning ta'limotiga ko'ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o'zining «men» ekanligi (o'z-o'zini) anglash, o'zaro taishi bog'lanishlar assotsiatsiyalar bilan bog'langan «tasavvur birikmalari»dir, xolos. Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757 y.) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804 y.) edilar. Ular assotsiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog'lanishlarga tenglashtirib quydilar, Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi. Pristli barcha psixik protsesslar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o'rtasidagi prinsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyanning bir qismi deb qaradi. Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta'limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik psixologyyaning ichida «assotsiativ psixologiyalar» deb atalgan alohida oqim paydo bo'di. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqeni egallab oldi: XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836 y.), Djon Styuart Mil (1806-1837 y.), Aleksandr Ben (1818-1903 y.), Gerbert Spenser (1820-1903 y.) edilar. Bularga Fransiyada T. Ribo (1829-1916 y.), Germaniyada Teodor Tsigen (1862-1950 y.) larni va qisman yo'lius Ebbingao'zni (1850-1909 y.) ham kiritish mumkin. Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik protsesslar (xotira, tafakkur va nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo'lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo'lgan tasavvurlardan hosil bo'ladilar deb da'vo qildilar. Ayrim-ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalarning qonunlariga binoan, o'zaro mexanik bog'lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira protsesslari assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo'yiladi, ya'ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish zsa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalarning jonlanishidir. Assotsia-nistlarning fikricha, tafakkur ruhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas: tafakkur ham faqat tasavvurlarning assotsiatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, muhokama faqat ikkita tasavvurning assotsiatsiyaga bog'lanishidir, Bunda ongning boshqa momentlari yo'q. Xulosa chiqarish ikki yoki bir qancha hukmlarning assotsiatsiyasi (bog'lanishi)dir, bulardan ham assotsiatsiya bo'yicha yangi hukm hosil qilinadi, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc