Psixologiyaning predmeti, vazifalari va metodlari

Psixologiyaning predmeti, vazifalari va metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyaning predmeti, vazifalari va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyaning predmeti, vazifalari va metodlari Reja: 1. Psixika haqida umumiy tushuncha. 2. Vokelikni psixik aks ettirish va ularning o'zaro bog'liqligi. 3. Psixologiyaning vazifalari va tarmoqlari. 4. Psixologik qonuniyatlar va ularni aniqlash metodlari. Psixologiya-psixik faoliyat qonuniyatlari haqidagi fandir. Psixologiya termini ikkita grekcha so'zdan: psyuxe (rux,jon) va logos (ilm,fan) so'zlaridan tarkib topgandir. Ichki, ruhiy dunyo qonuniniyatlarini bilish xar bir odam uchun foydali, ayniqsa o'qituvchi uchun juda zarurdir. 1 Psixika haqida umumiy tushuncha Psixika deb bizning ichki dunyo, yani obrazlar,fikrlar,intilish, qarashlarimiz va boshqalarga aytiladi. Psixik faoliyat fakat insonlarga xos bulibgina kolmay, shu bilan bir katorda hayvonlarga xam xosdir, ammo, tabiyiki, psixologiya fani asosiy diqqatini inson psixikasiga karatadi. Ulik tabiat va o'simliklar psixikaga ega emas. Umuman, psixikaning o'zi nima Psixika-yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo'lib, obyektiv olamni subyektiv holatda aks ettirishdan iboratdir. Tirik organizm nerv sistemasining tuzilishi kanchalik murakkab bulsa, uning psixik taraqqiyot darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, kaptar psixikasi taraqqiyot darajasi jihatidan kuyon psixikasidan past. Bu ajablanarli emas kuyon miyasining tuzilishi ancha murakkab. Tuzilish jihatdan inson miyasi eng murakkab. U psixik faoliyatning eng yuksak bosqichi hisoblangan inson ongining moddiy asosi hisoblanadi. Psixik funksiyaning bosh miya ishi bilan chambarchas bog'liqligi shunday xollarda ko'rish mumkinki, bosh miya ayrim qismlarining ishi buzilganda (jarohatlanish,kasallanish tufayli) inson psixik faoliyatining malum tomonlari uzgarib yoki butunlay yukolib ketadi. Shunday qilib, psixika materiyaning xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat nimadan iborat Materiya obyektiv reallik sifatida juda ko'p xususiyatlarga ega. Bosh miya ogirlik, shakl, tuzilishiga ega,har xil fiziologik holatdan (masalan, kuzgolish va tormozlanish) bo'lishi mumkin. Bosh miyaning ishi biotiklar va boshqalarning vujudga kelishi bilan bog'liq. Bularning xammasi maetriyaning xususiyati bo'lib, fizika,ximiya,anatomiya, fiziologiya fanlari tomonidan urganiladi. Psixika xam bosh miyaning xususiyatidir, lekin alohida xususiyatidir. Bu real vokelikni aks ettirish xususiyatidir. Bu fakat bosh miya ishlab turgan vaqtdagina vujudga keladi. Miya ishi tuxtashi bilan psixika xam yukoladi. Psixikani materiyadan ajratib bulmaydi,lekin uning o'zi moddiy emas. Shunday qilib, psixika o'z tabiatiga ko'ra, yuqori darajada taraqqiy etgan materiya-miyanirg alohida xususiyatidir. Psixikaning mazmuni miyaga bog'liq bo'lmagan atrofimizdagi obyektiv olamni aks ettirishdan iboratdir. Miya, yani psixikaning moddiy asosi xar doim biron konkret insonga tegishli bo'lgani tufayli aks ettirish doim subyektiv xarakterga ega bo'ladi. Psixik aks etish o'z xarakteri jihatidan aktivdir.Psixik aks ettirish organizm bilan tashqi muhitning o'zaro ta'siri natijasida vujudga keladi. Bundan tashqari,psixik aks ettirish subyektiv xarakterga ega. Bu degan so'z shuki , bazi bir hodisalarni bizning ongimiz mutlako aks ettirmaydi (xali anglab etilmagan vokelik singari), ayrim hodisalarni esa boshqa odamlardagiga karaganda butunlay boshqacha aks ettiradi. Masalan, bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.16 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.16 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga