Psixologiyaning predmeti Reja: Psixologiya haqida tushuncha Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Miya va psixika Ong haqida tushuncha Psixologiya haqida tushuncha Inson mavjud ekan, u o'z hayotiy tajribaciga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o'ziga o'zi hisob beradi. Biz kunda qushlarning sho'x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini, uchib o'tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o'rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko'ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog'liq. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy etiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko'ra pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o'rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya so'zining lug'aviy manosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan manoni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko'ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko'rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u obyektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo'ladi, subyekt faoliyatini malum maqsad asosida yo'naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, yani bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko'zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo'lib, ong va o'zini-o'zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: obyektiv borliqni to'g'ri aks ettirish imkoniyatini beradi; shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; doimo rivojlanib va takomillashib boradi. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo'ladi. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo'lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko'rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o'lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.83 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.83 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc