Psixologiyaning prinsiplari

Psixologiyaning prinsiplari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyaning prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyaning prinsiplari Reja: 1.Psixika -voqelikning inikosi. 2. Determinizm prinsipi. 3. Ong va faoliyat birligi. 4. Ongning faoliyatda rivojlanishi. Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor, muomala va faoliyat mu-vaffaqiyatini taminlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti yotishi aksariyat nazariyotchi psixolog-lar tomonidan takidlab o'tiladi. Bu talqinning haqqoniyligiga hech qanday etirozlar bo'lishi mumkin emas. Chunki mazkur omil eks-perimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga keli-shidan etiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singa ri tadqiqot predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta-kidlab o'tish lozimki, inson muomalasining, xulq-atvorining kechi-shi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul yakunlanishi ko'p ji-hatdan shaxsning emotsional holatlariga «emotsional ton, kayfiyat, stress, affekt va hokazo», izohlanishi murakkab bo'lgan ruhiy ke-chinmalarga, yuksak his-tuyg'ularga bog'liq. O'yin, mehnat, o'qish, muomala va boshqa faoliyat turlarining mu-vaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo'lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emo-tsiya va hissiyotning barqaror, maqsadga yo'nalgan tarzda hukm surishi ehtimoli etirof etiladi. His-tuyg'ularning mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatningtarkibiy qismlari vaja-miyatning a'zolari bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli muno-sabatga kirishishi ular bilan muomala qilish maromlarini davriy «muvaqqat tarzda» o'zgarishini vujudga keltiradi. Ana shu o'zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipa-tiya, progress va regress, jo'shqinlik va tushkunlik, faollik va sust-lik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv), ikkinchisi esa salbiy (nega-tiv) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotida bir tekis kechishini taminlovchi emotsional holat barqarorligi-ning buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili to'g'risidagi ilmiy ma'lumotlarni shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaningboshlang'ich asosi, manbai emotsiya degan g'oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi, ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy obyektiv va subek-tiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar, o'lchamlar yordami bilan baholanishi ushbu psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarni, harakatlantiruv-chi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish muammosi maydonga keladi. Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshishi ham obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlarga bog'liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi obyektiv (tashqi) shart-sharoitlar, yani mikro va makro muhit, moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi, ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo'zg'atuvchilarning bezararligi, vaqt va fa-zoviy o'lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tar-kib topadi. Xulq va faoliyatning namoyon bo'lishi uchun tabiiy shart-sharoitlar tizimi yaxlit holda ishtirok etishi ularning muvaffa-qiyatini taminlovchi omillar majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi to'kislikdan tashqari ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarningsodirbo'lishi nuqsonlarni kel-tirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.8 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.8 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga