REJA: Miya va psixika. Psixika va ongning rivojlanishi. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha. 1. Miya va psixika O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, jamiyatimizning barcha sohalari qatori, ma'naviy-mafkuraviy hayotimizda ham ulkan o'zgarishiar ro'y bermoqda. Mustaqil taraq-qiyot yillarida to'plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi «o'zbek modeli» deya e'tirof etgan o'zimizga mos va o'ziga xos rivojlanish yo'li, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayot-gan barcha tarixiy o'zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg'un rivqjlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomil-lashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo'lmish insonning o'zini yanada kamol toptirish manfaatlari yosh avlodlarga ta'lim va tarbiya berishga yangicha, yanada keng ko'lamda yondashishni talab qiladi. Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning asosiy kategoriyalari boigan shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ongning tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari bo'yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni bildirish masalalari va vazifalari kiradi. Shu munosabat bilan psixologiya umumiy psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, talaba-larni, avvalo, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamoadagi muno-sabati haqida, uni tadqiq qilish metodlari to'g'risida, ong va psixika, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni professional ishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani o'z zimmasiga oladi. Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organik dunyoning amyobalardan to odamga qadar uzoq davom etgan evolyusiyasi davomida xulq-atvor va xatti-harakatning fiziologik mexanizmlari to'xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular tufayli organizm muhit o'zgarishlariga tez javob qila oladigan va moslashuvchan bo'la bordi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda a'zolarining ixtisoslashuvi ozuqani farqlash, xavf-xatarni juda tez va aniq sezish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning yakkayu-yagona funksiyasi signallami idrok etishdan iborat hujayralarning paydo bo'lishida o'z ifodasini topadi. Bu hujayralar ritseptorlar (tashqi muhitning ta'sirini qabul qiluvchi apparat) deb atalmish hujayralar guruhini tashkil etadi. Boshqa hujayralar mushak to'qimalari ishini yoki turli bezlarning shira chiqarishini o'z zimmasiga oladi. Sunday hujayralar effektorlar deyiladi. Organizmning asosiy «boshqaruv pulti» - markaziy asab tizimi hisoblanadi. Asab tizimi tuzilishining umumiy rejasi barcha umurtqalilarda bir xildir. Uning asosiy elementlari asab hujayralari yoki neyronlar bo'lib, ularning vazifasi qo'zg'atishdan iborat. Neyron hujayra tana va tana-chaning shoxlab ketgan o'simtalari - qo'zg'alishni qabul qiluvchi dendritlardan va qo'zg'atishni boshqa neyronlarga o'tkazadigan tolalar -aksonlardan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki boshqa neyronlarning hujayra tanasi bilan bog'laydigan nuqta sinaps deb ataladi. Markaziy asab tizimi ikki qismdan - bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Bosh miyaning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.21 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.21 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc