Psixologiyaning zamonaviy metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish

Psixologiyaning zamonaviy metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyaning zamonaviy metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyaning zamonaviy metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish Reja: 1. hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari. 2. Psixologiya fanining asosiy prinsiplari 3. hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari 4. Psixologik tadqiqot o'tkazishning asosiy bosqichlari 1.hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari. hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan boglangan, g'oyat tarmoqlanib ketgan fanlar sistemasidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo'yicha klassifikatsiya qilish mumkin: 1) konkret faoliyatning psixologik tomoni; 2) taraqqiyotning psixologik tomoni; 3) insonning (taraqqiyot va faoliyat subyekti sifatida) jamiyatga bo'lgan munosabatning psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo'yicha psixologiya fanining bir kator sohalarini ajratib ko'rsatish mumkin. mehnat psixologiyasi. mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishining psixologik asoslarini o'rganadi. Odamning kasb uchun muhim a x amiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta'sirini o'rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi. mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir kancha mustaqil sohalar ajralib chikdi. Shulardan biri injenerlik psixologiyasi. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o'rtasidagi vazifalarni taksimlash, ularning vazifalarini muvofiklashtrish kabi muammolarni o'rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan sistemalarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o'rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chikdi. Pedagogik psixologiyaning predmeti ta'lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o'rganishdan iborat. Bu soha o'quvchilarda tafakkurning tarkib topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini uzlashtirishni boshqarish muammoalri, ta'lim samaradorligiga ta'sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o'quvchilar orasidagi munosabtlarni, o'quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada kolgan bolalarga ta'lim va tarbiya berish kabi muammolarni o'rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anomal rivojlangan bolalarga ta'lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi kuplab tarmoqlari mavjud. Meditsina psixologiyasi. Psixologiyaning bu sohasi tibbiyot xodimlarining faoliyatini, bemorlarning xulk-atvorini o'rganadi. Meditsina psixologiyasi quyidagi kismlarga b u linib ketgan: neyro psixologiya-psixik xodimlarning millati fiziologik tuzilmalari, asoslarini, mexanizmlarni o'rganadi; psixofarmokologiya- davolashda kulaniladigan turli xil dorilarning kishi psixikasiga ta'sirini o'rganadi; psixoterapiya-bemorlarni davolashda turli psixik ta'sirlardan foydalanish; psixoprofilaktika va psixogigiyena-turli psixik kasalliklarning kelib chiqishi, ularni profilaktika qilish masalarini o'rganadi. Yuridik psixologiya-huquq tizimida amalga oshirish mobaynida yuzaga keladigan masalalarni ko'rib chikadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi. harbiy psixologiya-jangavor harakatlar sharoitidagi odamning xulk-atvori, boshliklar va ularning kul ostidagilar o'zaro munosabatlarining psixologik tomonlari «psixologik urush» olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o'rganadi. Sport psixologiyasi- sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.53 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.53 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga