Psixolog-maslahatchi va uning ishiga qo'yiladigan talablar

Psixolog-maslahatchi va uning ishiga qo'yiladigan talablar

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixolog-maslahatchi va uning ishiga qo'yiladigan talablar - rasmi

Material tavsifi

Psixolog-maslahatchi va uning ishiga qo'yiladigan talablar Kimni malakali psixolog-maslahatchi deb atash mumkin? Buning uchun nima qilishni bilish kerak? Oliy va maxsus oliy psixologik ma'lumotga ega va bundan tashqari psixolog-maslahatchi sifatida yetarli amaliy ish tajribasiga ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va kerakli sertifikat bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo'lishi mumkin. Buni kengroq tushuntirib o'tamiz. Mutaxassis oliy o'quv yurti - universitet yoki institutning psixologiya fakulteti yoki bo'limini muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin olgan ma'lumoti umumiy oliy psixologik ta'lim deb ataladi. Psixologiya fani va amaliyoti yo'nalishlaridan birida ixtisoslashishni ko'zda tutish ta'limi maxsus psixologik ma'lumot deb ataladi. Bunday ikki turdagi ta'lim psixolog-maslahatchi uchun zamonaviy ilmiy asosda va ishni chuqur amaliy tushunish bilan, maslahatchilik bilan shug'ullanishi uchun zarur, xususan quyidagi savollarga javob bera olishi uchun kerak: Zamonaviy mijozlarning psixologiyasi qanday? Haqiqatda psixologik maslahat so'rab yordam ko'rsatishga murojaat etgan mijozlar bilan hozirgi paytda nimalar sodir bo'lmoqda? Nima uchun mijozga aynan shunday tavsiyalar kerak? Ushbu tavsiyalar mijozga qanday ta'sir ko'rsatishi kerak? Mijozga qanday qilib ilmiy asosda ushbu aniq maslahatlar ahamiyatini tushuntirish kerak? Ushbu barcha savollarga psixolog-maslahatchi beradigan javoblar mijozga tushunarli bo'lishi va professional psixologlar uchun ishonchli bo'lishi kerak. Psixolog-maslahatchining amaliy faoliyati bilan, uning odamlar bilan psixologik ishlash metodlarini o'zlashtirish bilan bog'liq psixologik ta'lim maxsus amaliy ta'lim deb ataladi. Birinchi navbatda gap oliy ma'lumotli amaliy psixologlarni tayyorlovchi maxsus fakultetlarda o'qitiladigan ilmiy asoslangan ish metodlari to'g'risida boradi. Psixolog-maslahatchi uchun katta amaliy ishlar tajribasi psixologiyani o'qitishi uchun emas, balki odamlarning ancha murakkab hayotiy muammolarini hal etishi uchun zarur. Psixolog-maslahatchi uchun amaliy ish tajribasi har doim ham zarur. Bularning barchasi psixolog-maslahatchining kasbiy ishi uchun juda muhimdir. Psixolog-maslahatchi bilim va malakalardan tashqari qator maxsus shaxsiy sifatlarga ega bo'lishi kerak. Masalan, u odamlarni yaxshi ko'rishi, ularning holatlarini so'zsiz sezishi va tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas'uliyatli bo'lishi kerak. Ushbu talablarga shu sohada mashhur mutaxassis bo'lgan R. Meyning psixolog-maslahatchi to'g'risida o'z vaqtida aytgan gaplarini qo'shimcha qilish mumkin. Maslahatchi-psixolog, -deb yozadi u, - odamlarni o'ziga jalb qilishi, har qanday odamlar orasida o'zini erkin his qilishi, empatiyaga qodir bo'lishi kerak. Psixolog-maslahatchida asosiysi - bu mehribonlik va mijozni tushunishga intilish, unga o'zini yaxshi tomonlarini ko'ra olishga va shaxs sifatida o'zining qimmatini anglab yetishga yordam berishdir Psixologik maslahatga qo'yiladigan talablar Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga qo'yiladigan umumiy, kasbiy va ma'naviy-axloqiy talablar tizimi nizomlarda juda yaxshi aks ettirilgan. Mana shu Nizomning ko'pchilik qoidalari psixolog-maslahatchi ishiga bevosita qo'llanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o'rniga «psixolog-maslahatchi» so'z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o'tamiz. Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u taklif etgan tavsiyalari uchun mijoz oldida mas'uliyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.95 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.95 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga