Reja: 1. Psixologik diagnostika va psixologning diagnostik ishlarni olib borishi 2. Psixokorrekstion ishlar haqida tushuncha 3. Psixologning diagnostik tadqiqot o'tkazish va korrekstion ishlarni tashkil etishi. 4.Voyaga yetmagan va o'spirin yoshdagilarning o'zaro munosabatidagi muammolar. 5. O'quvchi va talabalarning shaxslararo munosabatlarida tuzatish (korrekstiya) ishlarini olib borishda psixologga qo'yilgan talablar. Tayanch iboralar: Psixodiagnostika, simptomatik diagnoz, etnologik diagnoz, tipologik diagnoz, aqliy taraqqiyot, psixodiagnostik tadqiqot, psixokorrekstion ishlar, shaxslararo munosabatlar. Psixologik diagnoz ( diagnosis-grekcha, aniqlash, bilish degan ma'noni anglatadi) - shaxs individual - psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish rivojlanishini oldindan aytib berish ( prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so'nggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo'yishning 3 bosqichi farqlanadi. 1. Simptomatik diagnoz - bunda dasturi mavjud bo'lgan har qanday EHM bajarish mumkin bo'lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. 2. Etnologik diagnoz - ( kelib chiqish sabablari) bunda biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. 3. Tipologik diagnoz- bunda esa sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o'rni aniqlanadi. Psixologik maslahatning ushbu yo'nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayonida faol ishtirok etishni taqozo qiladi. Xalq ta'limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik maslahatni muayyan holda, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo'lib, yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, o'qituvchilar jamoasiga bolalar, O'quvchilar va talabalar ta'lim va tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylini o'sish darajasiga qarab o'qituvchilarga korrekstion ishlarni amalga oshirishda ko'rsatmalar berish. Psixologik maslahatning ushbu yo'nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu bolalar, o'quvchilar, talabalar o'sishida kechiqish, ularda xulqning buzilishi, ta'limda o'zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o'rganish hisoblanadi. Ta'lim tarbiya jarayonida o'quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish ason ish emas. Bunga maktabda o'qituvchilarning bola bilan ko'proq ishlashlari dalil bo'ladi. Chunki maktabda o'quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma'lumot beriladigan mutaxassis yo'q. Ta'lim tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib individual o'qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o'quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi. Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning vazifasi - rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta'minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o'quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo'ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo'llaydilar, chunki bu ko'zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba'zi yashirin nuqsonlarini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc