Psixologning eng muhim shaxsiy va kasbiy xususiyatlari hamda ularni shakllantirish shart-sharoitlari Reja: 1.Psixologning shaxsiy va kasbiy xislatlari 2.Barkamol insonga xos shaxsiy fazilatlari va ularni shakllantirish. 3.Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi 4. Psixolog kasbining professiogrammasi. Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! - ajralmas, alohida zot degan mano anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog'lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo'q, oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan aqli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o'sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo'la oladi. Individ sifatida yorug' dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog'idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo'lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning og'ushida, ularning qalb to'risida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog'liq bo'lmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish o'ta bahsli fikrdir. Shuni alohida takidlab o'tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish jarayoni odamning o'zicha amalga oshirayotgan faoltsyatiga va uning bilan qan-day maqsad ko'zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali namoyon bo'ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko'nik-malarida ko'zga tashlanadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan say-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o'z istiqbo-li uchun yo'l-yo'riqtanlashda, uni o'zlashtirishda, hayotda o'z mavqei va o'rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Haetda biron bir tanbeh berishning o'zi kimdadir ruhiy hisni uyg'otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo'zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig'in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo'ladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, yani yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig'in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc