Reja: Ta'lim muassasalarida psixolog faoliyati. Psixologning maktabgacha tarbiya muassasalaridagi o'rni va vazifasi. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalari ota - onalari va tarbiyachilarining psixologga qiladigan murojaati Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalari ota - onalari va tarbiyachilarining psixologga qiladigan murojaati Turli ta'lim - tarbiya muassasalarida psixolog faoliyat ko'rsatib kelayotganiga ancha bo'ldi. Ular o'z faoliyatlarining, o'z yordamining qanchalik muhimligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga etkazishda ularning ishtiroki zarur ekanligini ko'rsatib, ifodalab berishlari muhimligini anglab etishlari lozim. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fikrimizcha, psixologlarning o'z faoliyatida ta'lim tarbiya muassasalari xarakterli xususiyatlariga etarlicha e'tibor bera olmayotganliklari, muassasaning o'ziga xos xususiyatlariga moslasha olmayotganliklaridadir. Turli yoshdagi, jinsdagi ma'lumot va e'tiqod darajasidagi odamlar bilan psixolog bir xil metod va usul orqali ishlamas ekan nima uchun turli ta'lim - tarbiya muassasalarida olib boradigan faoliyati o'zaro farqlanmaydimi? Turli muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa-bu rivojlanishi jihatdan turlicha bo'lgan bolalar. Shunday ekan, turli xil muassasalarda psixolog yagona qolipga solingan yo'ldan borishi mumkinmi? Bizningcha, mumkin emas. Shundan kelib chiqib, turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishning bir - biridan farqi, o'ziga xos va takrorlanmas xususiyatlariga e'tiboringizni qaratmoqchimiz. Biz qisqacha tarzda psixologning maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boradagan ishlari, umumiy o'rta ta'lim maktablarida va mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan amalga oshiradigan ishlarning ayrim jihatlari haqida to'xtalib o'tamiz. Psixologning maktabgacha tarbiya muassasalaridagi o'rni va vazifasi Maktabgacha tarbiya muascasalarining tarbiyachilari psixolog yordamiga muhtojmi? So'nggi yillarda maktabgacha tarbiya muassasalarimizda psixologik maslahat ommalashib bormoqda. Ayni vaqtda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida mini- listey yoki listey bog'chalarda, balki oddiy tuman bolalar bog'chalarida ham amaliy psixologlar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Yurtboshimizning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Sog'lom avlod davlat dasturi» da 1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarning salomatligini mustahkamlash tarbiyasini to'g'ri tashkil qilish masalasiga ko'proq ahamiyat berish zarurligining ta'kidlanishi maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologning ahamiyatini oshiradi. Zero, salomatlik tushunchasi nafaqat jismoniy, balki ayni bir vaqtda ruhiy salomatlik birligini anglatadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridek, «Sog'lom avlod deganda shaxsan men, eng avvalo, sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi fikri sog', imon e'tiqodi butun, bilimi, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman». Yaqin-yaqinlargacha bog'cha psixologi o'ziga xos noyob hodisalardan biri edi. Psixolognig bir turdagi muassasalardagi vazifa va faoliyat yo'nalishi aniq ko'rsatilmagan edi. Eng muhimi, psixologlarning o'zi uchun ham bu front - bu tarmoqda qanday hodisa va muammolarga duch kelish mumkinligini aniq ravshan tasavvur etishga qiynalar edilar. Shuning uchun, hatto ularning o'zlarida ham «O'zi psixologga zarurat bormikan?» degan gumon paydo bo'lardi. Hozir ham ayrim bog'cha psixologlari muassasada o'z o'rinlarini topolmay qiynalayaptilar. Shuning uchun ular bog'chadagi o'z ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.25 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.25 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc