Psixologning maslahat berishlari Psixologik xizmat faoliyati o'quvchilar aqliy tarakqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta'lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo'qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Psixologik xizmat faoliyatini bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o'tishlari lozim. Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi: Bolalar, o'qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat direktor, rektor, mudir o'qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish. ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish 3. ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo'yicha bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik o'sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g'amxo'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim 4. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo'yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi. 5. Yangi tipdagi maktablarga o'rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy - amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Mazkur ishlar o'quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda o'qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo'ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o'tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o'quvchilar, maxsus maktab, o'quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o'tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. O'quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlar, irodaviy sifatlari, his-tuyg'ulari, o'z-o'zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo'lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilar ko'pincha psixologga quyidagi muammolar bo'yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o'qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
992.89 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
992.89 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: ppt