Psixologning profilaktik ishi

Psixologning profilaktik ishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologning profilaktik ishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Psixoprofilaktika haqida tushuncha. 2. Psixoprofilaktika bosqichlari 3. Psixologning psixoprofilaktik ishlarni tashkil etishi. Tayanch iboralar: Psixoprofilaktika, diagnostika, korrekstiya, rivojlantiruvchi ishlar. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, biz psixologik maslahat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korrekstion ish haqida gapirish mumkin emas degan xulosaga keldik. Psixologik maslahatda diagnostik - rivojlanuvchi yo'nalishlar ishning yagona yo'nalishlardir. D.B. Elkoninning ta'kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik tarakqiyotni nazorat qilishga yo'naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Uning ta'kidlashicha, taraqqiyotda bo'lishi mumkin bo'lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina diagnoz qo'yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqish bilan cheklanmasdan, o'zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korrekstion va rivojlantiruvchi ishlarni o'zi ham olib beradi. Amaliyotchi psixologning diagnostik - korrekstion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo'lib, maxsus psitxologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik - korrekstion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga, kam ishlagandir. Bu jarayon birinchi bo'lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o'rganishga baTo'g'ri ishlangan pedalogik tadqikotlarda L.S. Vo'gotskiy tomonidan qo'llangan. Bu sxema bo'yicha I. Shvanstara shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning bosqichli eksperimental-psixologik nuqtai nazarini taklif etadi. Bu bosqichlar quyidagilar: Psixologga rasmiy iltimos. Psixologik muammoni aniqlash. Tadqiqot metodini tanlash. Psixologik diagnoz qo'yish Amaliy tavsiyalar Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtai nazar sifatida psixologning yoki bu tarbiyasi qiyin O'quvchiga nibatan o'qituvchining ma'lum ijtimoiy talabiga javobini ko'rsatish mumkin. Bu holda O'quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashhizi diagnozi o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari tomonidan qo'yilgan bo'ladi. Psixologning vazifasi-qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish korrekstiya metodlarini topishdan iborat. Psixoprofilaktik ish-amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyati turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko'proq amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko'rsatiladi: Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqich psixolog sog'lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha O'quvchilarni qamrab oladi. Ko'pchilik mualliflarning ta'kidlashicha, maktab psixik soTo'g'ri liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o'tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar. Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi - o'qishdagi va xulq - atvordagi qyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo'qotishdan iboratdir. Ikki bosqichda ota-onalar va o'qituvchilarga maslahatni ham o'z ichiga oladi bolaning o'qishi o'zgarishi uchun ta'lim uslubini o'zgartirish. Uchinchi bosqich. Psixolog o'qishdagi va xulq - atvordagi yaqqol ko'rinib turadigan muammolari bor bolalarga o'z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi - jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo'kotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldida kelgan bola bilan alohida iTo'g'ri laydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uch bosqichga ya'ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.83 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.83 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga