Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishi

Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishi - rasmi

Material tavsifi

Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishi Birinchi nuqtai nazar sifatida psixologning u yoki bu ktarbiyasi qiyink o'quvchiga nisbatan o'qituvchining malum ijtimoiy talabiga javobini ko'rsatishimiz mumkin. By holda o'quvchiga ktarbiyasi qiyink tashxizi (diagnozi) o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari tomonidan qo'yilgan bo'ladi. Psixologning vazifasi-qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya) metodlarini topishdan iborat. Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bo'lishi kerak. Maktab psixologi javob beradigan birinchi savol ana shu. Rasmiy iltimosga ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud. Birinchisi, rasmiy iltimosga o'ziga xos bo'lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida (uning mazmuniga bog'liq 6ulmagan holda) psixodiagnostik metodlar to'plami kullaniladi. Maktab psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo'llashadi, chunki bu kuzga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining bazi yashirin nuqsonlarini xam topishga yordam beradi. Bunday diagnostik ishning asosiy maqsadi- o'quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko'p kirrali va tulik diagnostika natijalari psixolog uchun xam, ota-onalar, o'qituvchilar uchun xam ktarbiyasi xamk bola bilan olib boriladigan tuzatish (korreksion) va rivojlantirish ishlarining yo'llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuklar bilan birga, kamchiliklarga xam ega. Birinchidan, bu usulni qo'llash juda ko'p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning xar doim xam iloji bulmaydi Bu usul ko'p vaqtni talab kilganligi uchun, fakat psixologgina emas, ktarbiyasi qiyink o'quvchi xam charchaydi, tekshiruvdan ishtirok etishdan bosh tortadi, kupincha topshiriqlarni o'zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan malum bo'lishicha, ayniqsa og'zaki metodikalar kanchalik tulik bulmasin, qiyinchilik tugdiradi. Bundan tashqari, bu metodikalar shaxsni tolik xarakterlash uchun etarli bulmaydi. Ikkinchidan, rasmiy talabga o'ziga xos javob qaytarishning' usuli bo'lib, mashxur amerikalik psixolog K.Rojers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish turi hisoblanadi. Uning fikricha, ktarbiyasi qiyink bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sababini tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit uni xulk-atvorning salbiy shakllardan voz kechishga va keyingi ijobiy shakllarini yaratishga majbur kilsin. Rasmiy iltimosga o'ziga xos bo'lmagan javob qaytarishga teskari uslub-bu rasmiy talabga katiy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat. Masalan, yomon uzlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil kilinadi, bunday diagnostika uzlashtirmaslik sabablarini aniklay olmasagina, boshqa ko'rsatkichlar karaladi. Diagnostika natijalariga mos ravishda, kupincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi. Masalan, xotira kuchsiz rivojlanganda. Uni masxus mashq kildirish maqsadga muvofik, ixtiyoriylik etarli darajada rivojlanmaganda, uni shaqlantirishning maxsus dasturlari kiritiladi. Adabiyotlar: 1. Abulxanova K. A. Deyatelnost i psixologiya lichnosti. - M., 1980. 2. Bratus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.95 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.95 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga