Psixomotorika va ixtiyoriy harakatlarning o'rganilishi

Psixomotorika va ixtiyoriy harakatlarning o'rganilishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixomotorika va ixtiyoriy harakatlarning o'rganilishi - rasmi

Material tavsifi

Psixomotorika va ixtiyoriy harakatlarning o'rganilishi R e j a Psixomotorika haqida tushuncha. xatti-harakat va ixtiyoriy javob harakatlari. Ish harakat -faoliyatning tarkibiy qismi sifatida. Psixomotorika tushunchasining taraqqiyoti I.M.Sechenov nomi bilan bog'liqdir. U birinchi bo'lib borliqni bilishda muskul harakatlarining ham o'rni borligini ochib bergan. I.M.Sechenov g'oyalari psixomotorikani barcha aks ettirish shakllarining muskul harakatlarida obyektivlanishi, gnoseologik va prakseologik vazifani bajaruvchi harakat analizatorini barcha analizatorlarni birlashtiruvchi sifatida tushunishga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatdi. Hayvonlar faolligi bilan inson faolligi o'rtasida tafovut mavjudmi? Insonning psixomotor rivojlanishini o'rganish muhim ahamiyatga ega bo'lib, uning barcha harakatlarida shaxs, individ va subyekt sifatida o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari namoyon bo'ladi. I.M.Sechenov harakat funksiyalarini markaziy nerv sistemasi yuqori qismlarining vazifasi bilan bog'laydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar reflektor tabiatga ega ekanligini ta'kidlab, sezgi a'zolariga keladigan qo'zg'atuvchilar ta'sirini o'rganish muhim ahamiyatga ega deb ko'rsatadi. Tashqi qo'zg'atuvchining tez va aniq ajrata olish insonning izchil o'rganilgan, eng birinchi psixomotor xususiyatdir. Tashqi ta'sirlarga ixtiyoriy javob berish turli funktsional tizimlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir ko'rsatish vaqtiga bog'liq bo'ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin: qo'zg'atuvchining retseptorga ta'siri va nerv signalining paydo bo'lishi; nerv signalini analizatorning pustlokdagi markaziga yuborish; vaziyatni baholash va qaror qabul qilish, pustloqning harakat markazlariga buyruq berish; nerv signalini muskullarga o'tkazish, butun jarayonning natijasi harakatdir. Muskullar harakati qaysi organ orqali boshqariladi? Laboratoriya sharoitida ixtiyoriy javob berish holatidan avval, tekshiriluvchi ko'rsatma bilan oldindan tanishtiriladi, barcha funktsional holatlarning tayyorgarlik darajasi ortadi. Ixtiyoriy reaksiya ko'rsatkichi sifatida ko'pincha javob berish vaqti (reaksiya vaqti) va javobning aniqligi olinadi. reaksiya vaqti deganda qo'zg'atuvchi berilgandan javob harakati tugaguncha bo'lgan vaqt oralig'i olinadi; va uni quyidagi formula bilan ifodalanadi; T r qt nn Q tnr Q td ; bu yerda Tr - reaksiya vaqti, tnn-sensor -pertseptiv jarayon vaqti, tpr-baholash va qaror qabul qilish vaqti, td - harakat javobi vaqti. Ma'lumki. reaksiya vaqti funktsional tizimlar holatiga va tashqi sharoitlarga bog'liq bo'ladi. Ixtiyoriy reaksiyalarni o'rganish psixodiagnostik ahamiyatga ega bo'lib, insonning turli faoliyatlari mexanizmi va tarkibini o'rganishda keng foydalanishi mumkin. Harakatlar tizimidagi biror bo'g'inning amalga oshirilmasligi faoliyat natijasiga qanday ta'sir ko'rsatadi? Faoliyat tarkibida ish-harakat (deystvie) alohida ajratib ko'rsatiladi. Ish-harakat, deb muayyan oddiy bir vazifani bajarishga yo'naltirilgan nisbatan tugallangan faoliyat elementiga aytiladi. Faoliyat elementi sifatida u sa'i-harakat va harakatlarda namoyon bo'ladi. Operatsiya (jarayon) - texnologik jarayonning tarkibiy qismidir. Operatsiya texnologik jarayonning talabiga ko'ra bir necha ish-harakatdan tashkil topishi ham mumkin. Bajariladigan ish-harakatlar mehnat predmeti, quroli va sharoitlariga adekvat ya'ni mos bo'lishi kerak. Harakatlar tarkibi makro- va mikro- harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. B.G.Anan'ev odamni faoliyat subyekti sifatida tahlil qilar ekan, faollikning 4 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.44 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.44 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga