Psixoprofilaktika ishlarini olib borishning asosiy yo'nalishlari

Psixoprofilaktika ishlarini olib borishning asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixoprofilaktika ishlarini olib borishning asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Psixoprofilaktika ishlarini olib borishning asosiy yo'nalishlari Reja: 1. Psixoprofilaktik ishlarni olib borishning asosiy yo'nalishlari. 2. xalq ta'limi tizimida kulay psixologik omillarni yaratish. 3. Bolalarni, o'quvchilarni ommaviy ravishda tekshirish ishlarini olib borish. 4. Bolalar, o'quvchilar bilan olib boriladigan ta'limiy mashg'ulotlarni, o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish bolalar, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini nazarda tutish. Tayanch iboralar: Psixoprofilaktik ishlar, psixologik omillar, o'quv jarayoni, psixologik xususiyat, komil shaxs, aqlan barkamollik, kommunikativ taraqqiyot, intellektual taraqqiyot. Shaxsning muayyan sharoitiga moslashishi (kunikishi)ga oid (adaptatsion) ishlarni olib borish: a) maktabgacha yoshdagi bolalarning bog'cha sharoitiga moslashishi (buning uchun ijtimoiy moslashish bilan bog'liq bo'lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin bolalar bilan va ularning ota-onalari, tarbiyachilari bilan alohida ishlashni tashkil qilish); b) o'rta umumta'lim va yangi tipdagi (innovatsion) maxsus maktablar (gimnaziya, litsey, kollejlar) o'quvchilarini mazkur muhitga moslashish xususiyatlari. Bolalarni birinchi bosqichli ta'limga kabul qilishda katnashish, ularni maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash, o'qituvchilar bilan hamkorlikda o'quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ishlash dasturini ishlab chiqish, yangi tipdagi maktablarga, xususan kollej, litsey va gimnaziyalarga o'quvchilar kabul qilishda faol ishtirok etish. o'quvchilarni ta'limning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tkazishning kompleks psixologik-pedagogik tadqiqotida bevosita katnashish, shuningdek, litsey va kollejlarda bir sinfdan boshqa sinfga o'tkazishni psixologik jihatdan tekshirish: o'qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ta'limning yangi bosqichidagi o'quvchining tayyorgarligini hisobga olgan holda yakka tartibda ishlash dasturini yaratish, shuning bilan birga , ota-onalarga farzandlarining bilimlaridagi uzulishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy yul-yuriklar berish. ta'lim- tarbiya, yashash va turmush sharoiti bilan bog'liq nevrotik holatlar, psixologik tanglik hamda zurikishning oldini olish uchun bolalar bilan uzluksiz ravishda ishlash. Shaxsning qobiliyati, mayli, moyilligi, iktidori, psixologik fazilatlari va xususiyatlari tulkonli darajada namoyon bo'lishini ta'minlash maqsadida ularning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish. Yangi tipdagi maktablarda eng kulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, okillikni joriy qilish, (kattalar bilan kattalar o'rtasida); o'quvchilar va ukitiuvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish: shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o'qituvchilarga keng kulamda maslahatlar berish. o'qituvchilar jamoasi a'zolari o'rtasida ruhiy zurikish va tolikishni kamaytirish, yo'qotish, ularning oldini olish uchun zarur chora va tadbirlar qo'llash, muallimlarning kasbiy faoliyati uchun muhim kommunikativ malakalarni tarkib toptirishga kumaklashish. Tarbiyaviy ish rejasi amalga oshirilgan va qo'llashga tayyorgarlik kurilayotgan tadbirlar ta'sirchanligining bolalar, o'quvchilar, talabalarning yosh va etnopsixologik xususiyatlariga, ularni kamolotga yetkazish maqsadi va vazifalariga monandligi nuqtai nazardan tahlil qilish. Maktabning istiqboli bilan bog'liq bo'lgan, ilmiy jihatdan asoslangan modelini o'quvchilar bilan hamkorlikda yaratish. Umumta'lim va yangi tipdagi maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini psixologik-pedagogik diagnostika qilishda katnashish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.13 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.13 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga