Psixoterapiya - rasmi

Material tavsifi

Psixoterapiya Reja: Psixoterapiya haqida tushuncha. Psixoterapevtik metodikalar va ularning qo'llanishi. Psixoterapiyaning ahamiyati. Tayanch tushunchalar Inontirish - bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan o'ziga xos tarzda ta'sir qilishdir. Gipnoz - ug'oqlik bilan uyquga o'tish orasidagi uyqu holati Autogen mashq -- bemorning o'zi bajaradigan mashq, psixoterapeyaning keng tarqalgan metodi Psixoterapiya - davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruhi psixikasiga ta'sir ko'rsatish jarayoni Nima uchun psixoterapiyadan foydalaniladi? Psixoterapeya - davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruhi psixikasiga (bir yo'la) ta'sir ko'rsatish jarayonidar. Davo maqsadida kasal psixikasiga ko'rsatiladigan har handay ta'sir ham psixoterapiya jumlasiga kiravermaydi. Masalan, psixafarmakalogiya preparatlar bilan psixikaga ta'sir ko'rsatish psixoterapiya emas. Psixoterapevtik ta'sirning asosiy turi so'z bilan ta'sir ko'rsatishdir. Biroq har qanday so'z ham davo bo'lavermaydi. Ba'zi hollarda psixoterapiya asosiy davo usuli bo'lsa (nevrozlar, alkogolizm, duduqlanish, ba'zi ichki kasalliklar, teri kasalliklari va boshqalar), boshqa kasalliklarda u zarur yordamchi vosita hisoblanadi ( ko'pgina ichki kasalliklarda, operasiyaga tayyorlanish va operasiyadan keyingi davrda akusherlik, ginekologiya va boshqalarda ) Psixoterapiyaning xajmi va metodikasi kasallarning yoshiga, kasallikning xarakteri, shaxsiyat xususiyatlariga, davo olib borilayotgan muassasaning xususiyatlariga qarab har xil bo'ladi. Har bir usulning o'ziga hos tomoni nimada? Psixoterapevtik metodikalarning hammasini shartli ravishda inontirish, ishonch hosil qilish va faollashtiruvchi psixoteperapiyaga bo'lish mumkin. Bundan tashqari, individual va jamoa psixoterapiya tafovut qilinadi. Inontirish - bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan o'ziga xos tarzda ta'sir qilishdir. Inontirish bosh miya po'stlog'ida konsentrlangan ta'sirlanish o'chog'idir, bu o'chog' manfiy induksiya tufayli o'z atrofida tormozlanish zonasini hosil qiladi. Inontirishning gipnoz holatida inontirish, tabiiy uyqu holatida inontirish, uxlatadigan yoki narkotik dorilar berilgandan keyingi inontirish (narkogipnoz) uyg'oqlik vaqtida inontirish va o'z-o'zini inontirish kabi turlari tafovut qilinadi. Gipnotik holat (gipnoz) - uyg'oqlik bilan uyquga o'tish orasidagi chala uyqu holatidir. Bemorning gipnoz qilishning ko'pgina usullari mavjud. Gipnotik holat yuzaki, o'rta va qattiq gipnozga bo'linadi. Yuzaki gipnozda ko'z qovoqlari va qo'l-oyoqlar og'ir tortib, mudroq bosadigan, ko'pincha puls va nafas siyraklashib qoladigan holatdir. O'rtacha gipnoz - yengil uyqudir, kasal ko'zini ocholmaydi, so'z bilan ta'sir ko'rsatib, harakat sferasi bilan sezgi sferalarida o'zgarishlarni keltirib chiqarish mumkin. Qattiq chuqur gipnoz - ro'yirost gipnotik uyqudir. Rapport (miya po'stlog'ida sergak qolgan alohida punkt hisobiga vrach bilan bemor o'rtasida bog'lanadigan aloqa) tamomila alohidalanib qoladi (ya'ni vrachdan boshqa kishi kasal bilan aloqa qila olmaydigan bo'lib qoladi). Tabiiy uyqu holatida inontirish. Bu usul asosan bolalarda qo'llaniladi. Uyqu vaqtida ko'pgina odamlar inson nutqini idrok eta olish qobiliyatini saqlab qoladi, shuning uchun bemor uyg'oqligi vaqtida uning oldida aytish mumkin bo'lmagan narsalarni kusal uxlab yotgan paytida ham gapirish mumkin emas. Uxlatadigan yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga