Qadimgi sharq mamlakatlarida ilk psixologik fikrlarning paydo bo'lishi Reja: Idealizm va materializm tushunchalari, ular o'rtasidagi ko'rash. Qadimgi Hindistonda ilk psixologik fikrlar, Vedalar maktabi, Uponishodlar, Buddizm, Jaynizm. Qadimgi Xitoyda ilk psixologik fikrlar. Ruh haqidagi ta'limot, Konfutsiy ta'limoti, Daosizm. Qadimgi Misrda psixologik fikrlar. Mimfik teologiya xotiralari asari. Idealizm (fr. idealisme) - idealizm: falsafaning bosh masalasida -ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama-qarshi ularoq ong, ruh, birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunganlarning mahsulidir deb da'vo qiluvchi g'ayri ilmiy falsafiy oqim. Idealistlar materialistlarga qarama-qarshi ularoq, psixika tan bilan yashirin yusinda birlashgan, inson ulgach, tanani tashlab «narigi dunyoga», g'oyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo'lmagan qandaydir ilohiy substanqiya yoki mohiyatining namoyon bo'lishidir deb tushunadilar. Materializm (lot-materialis-moddiy) materializm falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya'ni idealizmga qarama-qarshi ularoq, birdan bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Falsafa tafakkurning borliqqa munosabati haqidagi bosh masalasini hal qilishda materializm: Dunyo o'z tabiatiga ko'ra moddiydir, materiya, tabiat, borliqq, inson ongidan tashqari unga bog'lik bo'lmagan holda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to'liq bilish mumkin, deb ta'lim beradi. Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval qadimgi Hindiston, Xitoy va Greqiyada paydo bulgai. Eramizdan avvalgi bir necha ming yillar ilgari Sharqda qadim qivilizaqiyalar - Misr, Hindiston Xitoy qivilizaqiya tarkib topgan. Ulardagi g'oyalar asosida zamonaviy fanlar rivojlanadi. Miloddan avvalgi bir necha ming yillikning o'rtalarida Hindiston va Xitoyda 2 ming yillikda paydo bo'lgan. «Veda» matnlar asoslanadi. Vedalarning yakuni sifatida keyinchalik yer.av 1-ming yillikda Upanishadalar paydo bo'di. Ular da ruh muammosi kuproq etik muammo sifatida shaxsni yetuklikka erishishning nuqtai nazaridan tahlil qilindi va qabul qilingan umumiy g'oyalar, ya'ni ruhning uchib yurishi uning abdiyligi ushbu manbalarda o'z aksini topdi. Shu asosda yer.av. 3 asrda jaddizm va buddizm dini ta'limotining mazmuni shakllandi, yo'nalishi ham ruhiy hodisalar-ning tana bilan bo'lgan munosabatiga doir o'z qarashlarini ifoda etdi. Jaddizmda tana pyh erkinligini sababchisi deb ta'riflangan bo'lsa, Buddizm umuman ruxni alohida sifatida inkor etdi. Keyinchalik paydo bo'lgan Sanya Vedanta, Yoga, Milansa falsafa maktablari ham ruhni o'rganishga metofizik etik tomondan yondoshdilar. Vedantada Upanishadagi idealistik g'oyalar ilgari surildi. Ularda Ataman va Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko'ra ruh doim tananing intilishlari va hissiy kechinmalari ortida yashiringan bo'ladi. Qat'iy intizom orqali ruh bulardan xolos bo'lib, Adabiy Braxman darajasiga yetadi. Yoga ta'limotida esa haqiqiy yuksaklikka erishish uchun psixik faoliyatga tusqinlik qilayotgan tomonlarni bartaraf qilish kerak bo'ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8 olamni nomli avval tana harakatlarini (nafas olish gavda ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.92 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.92 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc