Qadimgi Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo'lishi

Qadimgi Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo'lishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Qadimgi Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo'lishi. Reja: 1.Qadimgi Sharq mamlakatlarida jon haqidagi ta'limotlar. 2.Muqaddas kitoblarda jon haqidagi ta'limotlar. 3.Qadimgi Hindistonda Vedalar maktabi. 4.Xitoyda psixologik fikrlarning paydo bo'lishi. 5.Eramizdan avvalgi V-VI asrlarda psixika haqidagi tasavvurlar Eramizgacha bir necha ming yillar oldin Sharqda Misr, Hindiston, Xitoy kabi buyuk sivilizatsiyalar paydo bo'ldi va aynan shu erlarda boshlangan g'oyalar taraqqiyoti, hozirgi zamon ilmiy tizimining shakllanishiga olib keldi. Aynan shu mamlakatlarda jonning o'lmasligi, vujudni tashlab xohlagan tomonga yo'l olishi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keldi. Dastavval vujudga kelgan ruh haqidagi tasavvurlardan biri tirik vujud tashqi muhitga bog'liqdir, jonning faoliyati esa o'z navbatida vujudning hayoti bilan bog'liq degan tasavvurlar edi. Eramizgacha IV ming yillikning oxirida Misrda yaratilgan Memfis teologiyasi yodgorliklarida psixik faoliyat mexanizmlari quyidagicha tasvirlanadi: butun dunyoning yaratuvchisi xudo Ptax odamlar nimani o'ylashmasin va nimani so'zlashmasin, ularning yuraklari va tillarini U idora qiladi. Lekin U bunday boshqarishni vujuddagi organlar tizimi orqali amalga oshiradi. Sezgi organlarining ahamiyati shuki, Xudolar ko'zning ko'rishini, quloqning eshitishini, burunning nafas olishini yurakka xabar yuborishlari uchun yaratishgan. Yurak esa ongning har qanday turini paydo qiladi. Boshqacha aytganda, aynan shu davrdan boshlab ongli faoliyatning markazi yurak degan dastlabki tasavvurlar paydo bo'la boshladi. Odamlarning bilish faoliyati markazini aniqlash uchun yuqori darajadagi empirik tadqiqotlar kerak bo'lgan. Shu bilan birga Yodgorliklarda so'z haqida aytilgan fikrlar ham diqqatga sazovordir. Malumki, qadimda so'z buyumning egizagi sifatida tasavvur qilingan, so'zga ega bo'lish, buyumga ega bo'lish bilan tenglashtirilgan, so'zning ilohiy qudrati borligi haqida tasavvurlar mavjud bo'lgan. Lekin Yodgorliklarda til - yurak o'ylagan narsani takrorlaydi deyiladi. Bundan shunday mazmun chiqadiki, til so'z orqali yurakka xabar beradi, yurakning o'ylagan narsasini takrorlaydi. Bunday sababiy bog'lanish periferik-markaz tushunchasini aslida organizmning ichki tuzilishi bilangina izohlaydi. Izohlashning ushbu shakli esa qadimgi Sharq meditsinasi yutuqlari bilan bog'liqdir. So'zning ilohiy qudrati haqidagi fikrlar keyinchalik turli diniy tasavvurlar doirasida yanada kengaydi. Masalan, nasroniylarning muqaddas kitobi Injil, musulmonlarning muqaddas kitobi Quroni Karimning Tariq surasining 13-oyatida buni ko'rishimiz mumkin. Shak-shubhasiz u (Quron haq bilan botilni) ajratuvchi so'zdir deyiladi. Hech kimga sir emaski, ijtimoiy muhitning shakllanayotgan inson shaxsiga ta'siri, ta'lim-tarbiya tizimi ham asosan so'z yordamida amalga oshiriladi. Hamma qadimgi Sharq mamlakatlarida, keyinchalik qadimgi Gretsiyada ham faoliyatning asosi sifatida qon aylanishi va undagi havo tarkibiga alohida etibor berilgan. Qadimgi Misr meditsinasida odam jon ato qiluvchi pnevmadan quvvat oluvchi jonzot deb ta'riflanadi. Xitoy meditsinasining manbai hisoblanadigan Ichki a'zolar haqida deb nomlanuvchi kitobda aytiladiki, vujudning hokimi mutlaqi yurak bo'lib, hayot faoliyatini, shuningdek psixik faoliyatni ham taminlovchi quvvat havosimon birikma TsI hisoblanadi. TsI insonga o'ylash qobiliyatini va hissiyotni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 341.88 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 341.88 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga