qo'rquv borasidagi ilmiy qarashlarning rivojlanishi Shaxsdagi havotirlilik va qo'rquv holatlari orqali insonda turli hissiy kechinmalar namoyon bo'lishi mumkin hamda bu holat shaxs kamolotiga ta'sir etishi mumkin. Bu boradagi g'oyalar sharq allomalari tomonidan xam ilgari surilgan bo'lib, shaxsning his-kechinmalari, qo'rquv va havotirlanish kabi tuyg'ularning namoyon bo'lish holatlari haqidagi fikrlarini o'z asarlarida bayon etganlar sharq allomalari asarlarida shaxs shakllanishi masalasi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi jarayonida ro'y beradigan psixik-jismoniy o'zgarishlar muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turishi borasida kator fikrlar ilgari suriladi. sharqning komusiy olimlaridan Abu Rayxon Beruniy insondagi axloqiy sifatlarning tarkib topishida ulardagi qo'rquv, havotirlanish holatlarini muhim sanaydi. Abu Ali ibn Sino esa o'zining keng doiradagi psixonevrologik amaliyotida obyektiv kuzatish metodiga juda katta etibor beradi. Shunga ko'ra turli emotsiyalar organizmda, yurakda, kon tomirlarida, nafas olish organlarida har xil o'zgarishlarni keltirib chiqarishi, nerv iztiroblari, kechinmalar va qo'rquv organizmning madorsizlanish holatiga olib kelishi mumkinligini isbotlaydi. Shunday qilib, ibn Sino fiziologik hodisalar bilan ruhiy hodisalar o'rtasidagi bog'lanish borligini aniklashga muvaffak bo'ldi. U ruhiy kasalliklar jismoniy betoblik natijasi, deb hisoblaydi. Ibn Sino o'z faoliyati davomida markaziy nerv sistemasining yetakchilik roliga qayta ahamiyat berib, asab buzilishi (qo'rquv, asabiylik, iztiroblanish) butun organizmning darmonsizlanishi va susayishiga olib keladi, deb ko'rsatgan edi. yuqoridagi fikrlardan ko'rinadiki, sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan g'oyalarda shaxs havotirliligi va qo'rquv holatlariga xam alohida ahamiyat berilgan. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida, sharoitlar, vaziyatlar, obyektlar insonlarni cho'chitishi yoki yashirin ko'rkituvchi bo'lish mumkin. boshqa fundamental hissiyotlardan ko'ra qo'rquvni ilmiy o'rganishning zaruratini shu bilan izoxlash mumkin. qo'rquvni o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar ushbu hissiyotni yanada kengrok tushunish imkonini beradi. (Bowlby, 1973; Gray 1971: Lewis, Rosenblum 1974; Rachman, 1974). qo'rquv - insonning fundamental emotsiyalari kategoriyasiga kiradi (Gelgorn E, Lufbor - Roudj, 1966). qo'rquv emotsiyasi xavf solayotgan stimulga nisbatan javob reaksiyasi sifatida yuzaga keladi deb tasavvur etish mumkin. Xavfni tushunish, uni anglash hayotiy tajriba va shaxslararo munosabat jarayonida shakllanib boradi. Lekin bola uchun bazi indefferent ko'zgatuvchilar asta- sekin xavfli ta'sirlar xarakteriga ega bo'ladi. qo'rquv xissi ixtiyorsiz ravishda yuzaga kelib, kuchli his-xayajon, havotirlik yoki daxshat xissi bilan birgalikda kechishi mumkin. yuqoridagi fikrlardan kelib chikib, qo'rquv - affektiv xavfni kabul qiluvchi insonning his- kechinmalari va uning natijasidir deb aytish mumkin. I.P.Pavlovning fikricha, qo'rquv tabiiy refleksning ko'rinishi, miya katta yarim sharlari po'stlogining tormozlanishi va passiv himoyalovchi reaksiyasidir. qo'rquv o'z-o'zini saklab qolish instinktiga asoslanadi, himoya xarakteriga ega va yuqori nerv faoliyatining malum fiziologik o'zgarishlari bilan birgalikda kechadi. T. Ribo bolalarda sababsiz qo'rquvlar mavjud bo'lishini takidlagan. Bu borada K.N.Kornilov quyidagi fikrni bildirgan: qo'rquv xissi nafaqat bolalarga, balki kattalarga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.61 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.61 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc