qo'rquv holatini bartaraf etuvchi psixokorreksion mashqlar tavsifi Hozirgi kunda fobiyalarning 600dan ortik turi mavjud ekan, ularni korreksiya qilishda bu holatning yuzaga kelishiga sabab bo'luvchi psixologik omillar hisobga olingan holatda yondoshiladi. Fobiyalarni korreksiya qilishda psixoanaliz, kognitiv terapiya va boshqa psixoterapevtik usullardan foydalanish mumkin Hozirgi kunda fobiyalarni korreksiya qilishda emotsional obrazli terapiyadan xam keng foydalaniladi Ushbu usul o'z mohiyatiga ko'ra fobiyani keltirib chikaruvchi sabablarni tez suratda aniqlash va tezda bartaraf etish imkonini beradi. Bu metodning eng asosiy ijobiy xususiyati shundaki, bunda terapiya natijasi «shu yerda va hozir» qoidasiga muvofik ayni vaqtning o'zidayok aks etadi. Kuzatish - obrazning (obraz deyilganda qo'rquv obyekti nazarda tutilmokda) biror bir salbiy xususiyatiga ko'ruv, eshituv va kinestetik sezgilar orqali diqqat karatiladi va bu holat ong osti sohasida psixologik korreksiyaga olib keladi. Fikriy harakat - bunda shaxs muammosini adekvat xal qiluvchi obrazlar bilan fikriy xatti-harakatlar amalga oshiriladi (obrazni engish va yo'kotishga harakat qilish bundan mustasno). Dialog - bunda obraz bilan suhbat kuriladi va barcha kiziktirgan savollarga javob olinadi. Bu usulning maqsadi hodisalarning psixologik mohiyatini insonga anglatishdir. qarama-qarshiliklarning o'zaro ta'siri - bunda qarama-qarshi his-tuyg'ularni keltirib chikaruvchi obrazlarning o'zaro ta'siri ko'zda tutiladi. O'rin almashtirish - aynan fikriy o'rin almashtirish nazarda tutilib, bunda salbiy obrazlar ijobiy obrazlar bilan almashtiriladi. Hissiyotlarni namoyon etish - «bosib ko'yilgan», yashirilgan his-tuyg'ularni aks ettirish, namoyon etish jarayoni (boshqariluvchi katarsis). Obraz hayotini yashab o'tish-obrazning paydo bo'lish tarixini va kelajagini xayolan bosib o'tish, tasavvur etish. Erkin fantaziya - mijozning obrazga qaratilgan erkin fantaziyasini spontan yakun yoki insayt holatigacha ko'llab-quvvatlash. Shaxs xususiyatlari o'rtasida yangi munosabatlarni tarkib toptirish- Shaxsning avval rad etilgan xususiyatini boshqa muhim munosabatlarni tarkib toptirish asosida kabul qilish. Yangi karorni malum qilish - salbiy hayotiy karorni aks ettirgan obrazga shaxs o'zining ijobiy karori haqida malum qilishi. Bu holat o'sha obraz yo'kolgunicha davom ettiriladi. Salbiy energiya konversiyasi- ilgari salbiy his-tuyg'ularni yaratish uchun sarflangan ijobiy energiyani xayolan qaytarish. Paradoksal ijozat metodi - obraz shaxs uchun man etgan tuyg'u va xatti-harakatni amalga oshirishga obrazning o'ziga ruxsat berish. Ushbu emotsional obrazli terapiya usullaridan fobiyalarning turli ko'rinishlarni korreksiya qilishda foydalanish mumkin. Sotsiofobiya jarayoni shaxsning o'z-o'ziga beradigan bahosi bilan bog'lik ekan, ushbu holatni korreksiya qilishda xam shaxsning o'z-o'ziga beradigan bahosini ko'tarish evaziga amalga oshirish mumkin. Buning uchun o'smirlarda o'zini anglashga, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishga, o'z-o'ziga adekvat baho berishga hamda shaxslararo munosabatlarda muloqotga kirisha olish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi mashqlardan iborat trening mashg'ulotidan foydalanish mumkin. «Salomlashish» maqsad: Beg'araz do'stona munosabatlarga erishish, guruh a'zolari o'rtasida taranglikni yumshatish, ijobiy emotsional muhitni yaratish. guruh a'zolari davra bo'lib o'tirib ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.51 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.51 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc