Reaksiya va sport faoliyatidagi ahamiyati

Reaksiya va sport faoliyatidagi ahamiyati

O'quvchilarga / Psixologiya
Reaksiya va sport faoliyatidagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Reaksiya va sport faoliyatidagi ahamiyati Reja: Reaksiya haqida umumiy tushuncha. Reaksiya turlari. Oddiy va murakkab reaksiya strukturasi (tuzilishi). Oddiy reaksiya tiplari. Konkert sport turingizda reaksiyasining xususiyatlari. Sportda ongli, irodaviy harakat katta o'rin egallab, ko'pincha reaksiya shaklida namoyon bo'ladi. Reaksiya ongli javob harakat bo'lib, sportchi bo'lajak ko'zg'ovchini oldindan biladi va unga tegishli malum javobni oldindan tayyorlaydi. Reaksiya jarayoniga startni olish mumkin. Sportchi startga tayyorlanar ekan, u faqat oldindan qo'ygan o'zining maqsadini tasavvur qilib qolmay, balki unga erishish vositalarini ham tasavvur qiladi. Reaksiya jarayonining o'ziga hos xususiyati shundan iboratki, u qisqa muddatda o'tadi. Sigma bilan o'lchanadi. Sigma soniya mingdan bir qismi. Reaksiyaning strukturasi (tuzilishi). Reaksiya jarayoni oldin malum bo'lgan shartli qo'zg'ovchini idrok qilish, bu qo'zg'ovchini anglash va unga muvofiq javob harakat qilishdan iboratdir. Reaksiyaning 3-ta davri mavjuddir: Dastlabki davri - bunga startni misolga olsak, dastlabki signaldan to startgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Dastlabki davr signalni kutish javob harakatga tayyorgarlik qilish bilan chegaralanadi. Markaziy yoki yashirin (latent) davri - bu signalning berilishidan to javob harakatgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davr juda ham qisqa vaqtda o'tsada, lekin reaksiya jarayonida katta rol o'ynaydi. Bu davrda sportchi harakatsiz qoladi, lekin miya yarim sharlar po'stida javob harakatni tayyorlashdan iborat kuchli asab jarayonida rivojlanadi. Yakunlovchi davr - bu javob harakatidan to tugallashgacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Reaksiyalar sensor, motor va neytral tiplarga ajratiladi. Sensor tipda sportchilarda dastlabki davrda signalni idrok qilishda asosan eshitish analizatorlari ko'zg'algan holda bo'ladi va diqqatni signalning berilishiga qaratiladi. Motor (muskul) harakat analizatorlar bir muncha tormozlangan holda bo'ladi. Reaksiya vaqti 160-175 sigma. Motor (mushak-harakat) tipdagi reaksiyada dastlabki davrda sportchining mushak-harakat analizatorlari faol qo'zgalgan holda bo'lib, diqqatni javob harakatga tayyorgarlik qilish bilan xarakterlanadi. Eshitish analizatorlari esa bir muncha sust yoki butunlay tormozlangan bo'ladi. Reaksiya vaqti 100-125 sigma. Neytral tipda sportchilarda dastalbki davrda eshitish va mushak-harakat analizatorlarida qo'zg'alish muvozanat holatda bo'ladi. Reaksiya vaqti 140-150 sigma. Reaksiya oddiy va murakkab deb 2 ta reaksiyaga ajratiladi: Oddiy reaksiyada, oldindan malum bo'lgan ko'zg'ovchiga oldindan o'rganib olingan javob harakat bilan mazkur signalga javob qaytariladi. Murakkab reaksiyada, oldindan malum bo'lmagan ko'zg'ovchiga malum bo'lmagan javob bilan harakatlanish murakkab reaksiya deyiladi (misol futbolda darvozobonning harakatlanishi). Oddiy reaksiya va uning o'lchanishi. Mashg'ulotning vazifalari. Ayni mashg'ulotning vazifasi: a) talabalarga quyidagilarni tanishtirish: 1) reaksiya tushunchasi va uning psixologik ahamiyati, organizmdagi fiziologik reaksiya tushunchasi va moddalarning reaksiyasi tushunchasidan farqi; 2) reaksiya qilish jarayonining strukturaviy (tuzilishi) bilan tanishtirish; 3) oddiy reaksiyaning xususiyati bilan; 4) murakkab reaksiyaning xususiyati bilan; 5) sportning har xil turlarida reaksiyaning tezlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.85 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.85 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga