Reja: Reflekslar anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanishi va tekshirish usullari Bosh miya nervlarining anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari Vegetativ asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari Reflekslar anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanishi va tekshirish usullari Refleks degan so'z fanga birinchi bo'lib XVII asrda fizik olim Dekart tomonidan kiritilgan. Refleks so'zi akslanish yoki qaytarish degan ma'noni anglatadi. Goll refleks yoyining tuzilishini aytib o'tgan. Odamda refleks hosil bo'lishi refleks yoyiga bog'liq. Refleks ikki xil bo'ladi: shartli va shartsiz. Shartli reflekslar tug'ilgandan keyin paydo bo'ladi. Shartsiz reflekslar tug'ma reflekslar deb ataladi yoki shu reflekslar bilan odam tug'iladi. Shartsiz reflekslar deb organizmning tashqi va ichki ta'sirlarga asab tizimi orqali javob qaytarishiga aytiladi. Oddiy va murakkab shartsiz refleksfarqlanadi. Oddiy shartsiz reflekslar orqa miya faoliyati natijasida paydo bo'ladi. Murakkab shartsiz reflekslar esa miya ustuni va bosh miya yarimsharlarining po'stloqosti tugunlarida paydo bo'ladi. Har bir refleksning o'z reflektor yoyi bo'ladi (13-rasm). Tug'ma shartsiz reflekslar ikkita katta guruhga bo'linadi: I. Y u z a k i r e f l e k s l a r, yuzadan chaqiriladi. Bu reflekslar o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi: a) shilliq pardalardan chaqiriladigan reflekslar, ya'ni ko'z shox pardasi refleksi va konyuktival reflekslardir; b) yutish refleksi - bu refleksni chaqirishda tomog'ning tanglay qismiga shpatel tekkiziladi. Javob reaksiyasida qusish paydo bo'ladi; d)teri reflekslari - bu reflekslar teriga ta'sir qilish natijasida chaqiriladi; e) tuxum (kremaster) refleksi - bu refleks sonning ichki qismidan tepaga qarab ikki tomondan ta'sirlanadi. Natijada, o'ng yoki chap tomonga ta'sir ko'rsatilganda shu tomondagi tuxum yuqoriga ko'tariladi. II . C h u q u r r e f l e k s l a r g a suyak va paylardan chaqiriladigan reflekslar kiradi. A. Karporadial refleks (KR) - qo'ldagi suyakning boshchasidan chaqiriladi, reflektor yoyi C56. B. Pay reflekslari: qo'llarda buqilish refleksi (BR) - bilakdagi ikki boshli mushakning payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi C56; qo'llarda yozuvchi reflex (TR) - bu refleks bilakdagi uch boshli mushak payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi C78; tizza refleksi (PR) - bu refleks sonning 4 boshli mushagining payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi L34; Axill refleksi (AR) - Axill payidan chaqiriladi, reflector yoyi L5 - S 1 (14-rasm). Sog'lom odamlarda reflekslar ikki: o'ng va chap tomondan chaqiriladi. Patologik reflekslar ikki xil bo'ladi: 1. Periferik asab tizimi kasallanganda reflekslar past bo'ladi (giporefleksiya) yoki yo'qoladi (arefleksiya). 2. Markaziy asab tizimi kasallanganda esa reflekslar yuqori bo'ladi (giperrefleksiya). Agar reflekslar chaqirilganda o'ng yoki chap tomonda ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.4 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.4 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc