Reklamaning kommunikasiya jarayoni Reklama - kommunikasiya vositasi bo'lib, u firmaning bevosita muloqot o'rnatilmagan potensial xaridorlariga axborot uzatishga imkon beradi. Firma reklama yordamida markaning Imidjini yaratadi va sotuvchilar tomonidan hamkorlik orqali pirovard iste'molchilarda ma'lumlik sarmoyasini shakllantiradi. Reklama kommunikasion strategiyaning asosiy vositasidir. Reklama kanallarining rolini tanlash. Reklamaning reklama beruvchi va xaridor uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi quyidagi xulosalarda o'z ifodasini topgan: (a) reklama beruvchi uchun reklamadan maqsad - axborotlarni iste'molchilarga yetkazish va tovarga bo'lgan talabni kengaytirish maqsadida ularning moyilligiga erishishdir; (b) reklama iste'molchining tovarni alohida xususiyatlarini aniqlashga ketadigan vaqti va mablag'larini tejaydi. Reklama rivojlangan sari, uning xilma-xil ko'rinishlardagi shakllari ko'payib bormoqda, shu sababli reklama beruvchilar birgina axborot kanalidan foydalansa ham, ularning ixtiyorida reklama uslublarining keng assortimenti mavjuddir. Imidj reklamasi tovarga yo'naltirilgan bo'lib, uning maqsadi xaridorning ushbu markaga bo'lgan munosabatini shakllantirishdan iboratdir. Bu holda reklama beruvchilarning ijodiy xatti-harakatlari nafaqat xaridorning darhol reaksiyasiga, balki keyinchalik xaridga olib keluvchi ijobiy munosabatni ishlab chiqishga qaratilgan bo'ladi. Bunday reklamaning samaradorligini faqat uzoq kelajakdagina baholash mumkin. Bu yerda munosabat tushunchasi hal qiluvchi rol o'ynaydi, shuning uchun kommunikasiya obyekti vazifasini avvalo tovar konsepsiyasi bajaradi. Undovchi reklamaning asosiy vazifasi xaridorning munosabatlariga emas, balki uning xatti-harakatlariga ta'sir qilishdan iboratdir. Reklama axboroti tovar yoki xizmatni xarid qilishga undashi kerak, shuning uchun uning samarasi qisqa muddatli bo'ladi va savdoning borishi bilan baholanadi. Bunday reklama uslubi tajovuzkorroq bo'lsa-da, u ham aslida Imidj yaratish vazifasiga o'xshab ketadi. Interaktiv reklama muayyan bir shaxsga moslashtirilgan reklama axboroti bo'lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning javobini rag'batlantirish orqali muloqot o'rnatishdir. Firma xaridorning javob reaksiyasi asosida tijoriy munosabatlarni yo'lga qo'yishga harakat qiladi. Reklamaning bu turi avvalgi ikki reklama uslubining vazifalarini o'zida mujassamlashga: Imidjni yaratish va ayni paytda axborotning samarasini darhol baholashga imkon beruvchi ma'lumot bir xatti-harakatlarni erishish intiladi. Aynan mana shu uslub o'zining avvalgi boblarda tavsiflab o'tilgan interaktiv marketingga beosita bog'liqligi tufayli tez rivojlanadi. tashkilot reklamasi. Yuqoridagi uch xil reklama stili bir tovar yoki markaga qaratilgan edi. tashkilot reklamasining (firma reklamasining) vazifasi - ommaning turli tabaqalari orasida firmaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish yoki kuchaytirishdan iboratdir. Gap firmaning Imidjini shakllantirish uning faoliyat turlarini tavsiflash va uning afzal tomonlari, ustunliklari, xislatlari va imkoniyatlariga e'tiborni jalb qilish orqali firma va uning mijozlari o'rtasida o'zaro ishonch va hamjihatlik muhitini yaratish haqida bormoqda. Bunda reklamaga boy bo'lgan, xaridorlar xilma-xil tovarlarning reklamasidan charchagan muhitda alohida kommunikasiya yo'llarini topish zarurdir. Ko'rinib turibdiki, bunday reklama munosabatga asoslangan va uning samarasi faqat uzoq kelajakdagina bilinadi. Marketingning kommunikatori quyidagi masalalarni hal etishi lozim: maqsadli auditoriyani aniqlash: maqsadli auditoriyani aniqlash ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.97 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.97 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc