Rinolaliya nutq buzilishi va uni korreksiyalash

Rinolaliya nutq buzilishi va uni korreksiyalash

O'quvchilarga / Psixologiya
Rinolaliya nutq buzilishi va uni korreksiyalash - rasmi

Material tavsifi

REJA: Rinolaliyaning kelib chiqishi sabablari. Yopiq va ochiq rinolaliya haqida. Korreksion ishlarning mazmuni va vazifasi. Tayanch so'zlar: ( rinolaliya. Organik rinolaliya. Funksional rinolaliya. Normal fonatsiya. ochiq va yopiq rinolaliya.) Rinolaliya nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzuzidagi buzilishlardir. Rinolaliya hosil bo'lishiga ko'ra dislaliyadan farq qiladi, ya'ni rinolaliyada tovushlarni burun-dimoq bilan talaffuzuz qilish xollari kuzatiladi. rinolaliyada tovushlar artikulyatsiyasi, fonatsiya, tovush hosil bo'lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya bo'lganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun- halqum va burun bo'shlig'ining bo'g'iz va og'iz bo'shlig'idan ajralishi ruy beradi. Nutq jarayonida yumshoq tanglay o'zluksiz ravishda turli balandlikka ko'tariladi va tushadi, bu holat tovushlar talaffuzga bog'liq. Tanglay halqumning birlashish kuchi tovushlar talaffuzga bog'liqdir. Unli tovushlar talaffuzida tanglay halqum undash tovushlar talaffuzga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay halqumning eng kuchsiz birlashishi v undosh tovush talaffuzda; eng kuchli birlashish s tovush talaffuz o'zida k o'zatiladi. Tanglay halqum birlashish funksiyasining buzilish xarakteriga ko'ra rinolaliya turli shakllarga ajratiladi. Yopiq rinolaliya. Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M,N burun tovushlari talaffuzida eng kuchli rezonans bo'ladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun halqum yo'li ochiq bo'ladi va havo oqimi to'g'ri burun bo'shlig'iga o'tadi. Agarda burun tovushlar talaffuz - ida burun rezonansi bo'lmasa, unda burun tovushlari v,d tovushlariga o'xshab talaffuz qilinadi. rinolaliyaning yopiq shaklining kelib chiqish burun bo'shlig'idagi organik o'zgarishlar yoki tanglay halqum birlashishining funksional buzilishidir. M.Zeyeman yopiq rinolaliyaning 2 turini ajratadi: oldingi yopiq rinolaliya-bunda burun bo'shlig'ida o'tkazuvchanlik funksiyasi bulmaydi va orka yopiq rinolaliya- bunda halqum bo'shlig'ida o'tkazuvchanlik kamayadi. Oldingi yopiq rinolaliyaning sababi - burun shillik pardasida surunkali gipertoniyaning burun bo'shlig'ida poliplarning bo'lishi, burun devorining qiyshiqligi va burun bo'shlig'ida o'smalarning bo'lishidir. Orqa yopiq rinolaliyada bolalarda odenoidlarinng ko'payib ketishi burun halqum poliplarning, fibroma va o'smalarning paydo bo'lishi kuzatiladi. Funksional yopiq rinolaliya bolalarda ko'p uchrab turadi, lekin uni doimo to'g'ri aniqlash qiyin. Chunki u burun bo'shlig'ining yaxshi o'tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan xollarda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo'pol buzilgan bo'ladi. Organik yopiq rinolaliyaning sababi burun bo'shlig'ida o'tkazuvchanlikning buzilishidir. Bunda burundan nafas olish yo'lga qo'yilsa, ya'ni burun bo'shlig'idagi o'tkazuvchanlik yaxshilansa, hamma kamchilik yo'qoladi. Yopiq rinolaliyada olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi burun halqum holatiga uning funksiyasiga va bolaning yoshiga bog'liq. Logopedik mashg'ulotning boshlang'ich davrida nafas mashqlarini olib borish tavsiya etiladi. Bundan maqsad og'iz va burundan nafas olish va nafas chiqarishni differensiatsiya qilishdir. Bu mashqlar avval puflashdan boshlanib, keyin burundan qisqa va chuqur nafas ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga