Rinolaliya va uni bartaraf etish yo'llari, rinolaliya nuqsonining ta'rifi

Rinolaliya va uni bartaraf etish yo'llari, rinolaliya nuqsonining ta'rifi

O'quvchilarga / Psixologiya
Rinolaliya va uni bartaraf etish yo'llari, rinolaliya nuqsonining ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Rinolaliya va uni bartaraf etish yo'llari rinolaliya nuqsonining ta'rifi Reja Rinolaliyani barataraf etish yo'llari Rinolaliya xillarini aniqlash Rinolaliya, yani dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar talaffuzi va ovoz tembrining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik kamchiliklari, o'zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya og'iz va burun bo'shliqlari O'rtasida to'siq yo'qligidan yoki shu bo'shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi. Artikulyatsion apparatning tuzilishidagi kamchiliklarga oid ma'lumotlar dastlab XIX asr shifokorlarining ilmiy asarlarida paydo bo'la boshladi. V.I.Oltushevskiy nutq kamchiliklarini O'rganib, adabiyotda O'rgatilgan ma'lumotlarni umumlashtirib nutq kamchiliklarini tasniflagan va talaffuz kamchiliklarini tegishli guruhlarga ajratgan. U artikulyatsion apparat tuzilishining buzilishi natijasida kelib chiqqan tug'ma yoki hayot davomida orttirilgan kamchiliklarni mexanik dislaliya deb atagan. Rinolaliyaga esa dislaliyaning bir turi deb qaralgan. Rinolaliya Ye.F.Rau (1933), Z.G.Nelyubova (1939), M.Morli, V.V.Kukol (1941), A.G.Ippolitova (1955, 1963), I.I.Yermakova (1984), G.V.Chirkina (1989) va boshqalar tomonidan ayniqsa keng o'rganilgan. Ularning fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini ko'rish, korreksion-tarbiyaviy logopediya ish sistemasini to'g'ri tashkil etish, ota-onalarning o'z boalalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga kursatib davolatishi muhim ahamiyatga egadir. Boladagi kamchilikning turini aniqlash va unga tegishli yordam ko'rsatish hozirgi logopediya fanining muhim mu ammolaridan bo'lib hisoblanadi va bola hayotida muhim rol o'ynaydi. Malumki nutq jarayonida yumshoq tanglay muhim vazifani bajaradi. Burunli tovushlardan tashqari xamma tovushlarning talaffuzida burun va burun-halqum bo'shliqlari orasida tirqish hosil bo'ladi. Bu bo'shliqlarni bir-biridan ajratib turuvchi tirqish tanglay halqum tirqishi deb ataladi va u ikkita mushak guruhining bir vaqtda harakatlanishidan yuzaga keladi. Pardaning oldingi qismini yumshoq tanglay va halqumni orqa devorlarning mushaklari tashkil etadi. Yumshoq tanglayning kutarilishi yumshoq tanglay va halqum yon devorlari mushagining to'g'ri ishlashiga bog'liqdir. Yumshoq tanglay ovoz hosil bo'lishida kutarilib, bo'rtib chiqadi. Bu bo'rta, yani dO'nglik halqumning orqa devorlari bilan birlashadi. Ayni vaqtda, ovoz hosil bo'lishida yumshoq tanglay harakati bilan halqum orqali devorlari o'z holatini o'zgartiradi. Mushaklarning qisqarishi natijasida halqum shilliq qavatning yuqori qismi ko'tariladi va burun halqumiga ochilish yo'lida kundalang to'siq yoki do'mboqcha hosil bo'ladi. Buning anatomik asosini halqumning yuqori mushaklari tashkil etadi. Yuqoridagi mushaklarning harakati natijasida tanglay-halqum tirqishi hosil bo'ladi. Talaffuzdagi tovushlarning xususiyatiga qarab, yumshoq tanglay turlicha kutariladi va tirqish hajmi ham shunga yarasha uzgaradi. Tirqishning hajmiga qarab ovoz kuchi har xil bo'ladi. I.I.Yermakova tekshirishlari shuni kursatadiki, unlilarni talaffuz qilish vaqtida tirqish hajmi katta bo'lar ekan. Undosh tovushlar talaffuzida bu tirqish tor bo'ladi. Faqat M va N tovushlari talaffuzida esa bu tirqish umuman hosil bo'lmaydi va havo bemalol burunga O'tadi. Agarda shu organlarda kamchilik bo'lsa, u yoriq hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi yoki umuman burun-halqum yo'li to'silib qolishi mumkin. Natijada tovushlar talaffuzi uzgarib, bu narsa nutq kamchiliklarini hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.07 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.07 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga