Romantik munosabatlarga asoslangan munosabatlarning turlari Reja: Nikoh modeli va yer-xotin munosabatlari yer-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishga oid qonuniyatlar Ijtimoiy va oilaviy munosabatlar Psixologik manbalarda sevgiga asoslangan munosabatlarning bir qator turlari va tipologiyasi keltirilgan. Biz bu o'rinda J. Lining 6 tipli munosabatlar nazariyasini keltirishni joiz deb bildik. Ularning dastlabkisi - Eros, bu romantizm va hissiy mayllarga asoslangan muhabbat bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad - sevgilisining visoliga erishish va u bilan yaqin, jinsiy munosabatda bo'lishdir. Mania - bir tomonning ikkinchi tomon mehri va muhabbatiga erishishi uchun hamisha havotir va intiqlik bilan bog'liq bo'lgan talabchan, intiq hissiyotidir. Ludis - o'ziga qaratilgan, xudbinlarcha muhabbat, bunda sevgiga erishmoqchi bo'lgan shaxs nima qilib bo'lsa ham suyuklisining visoliga erishmoqni ko'zlaydi. Storge - do'stona, mustahkam va samimiy hisga asoslangan bir-biriga yaqin, anchadan buyon tanish bo'lgan odamlar o'rtasidagi sevgi. Agape - biror obyektga nisbatan intiqlik, sabr-qanoat bilan boshdan kechirilayotgan ilohiy sevgidir. Nihoyat, Pragma faqat shu inson bilan yashagandagina hayotdagi barcha maqsad-muddaolariga erishish mumkinligini anglagan, hayotiy, aniq mo'ljalli, shaxsiy xudbinlikdan xoli bo'lgan toza sevgidir (E.Xetfild, 2003). Shu kabi sevgini tipologiyalarga ajratishga uringan olimlar soni ko'p (masalan, Maslou, Gozman, Shostrom va boshqalar), lekin barchasida ham aql-idrokka, hayotiy mo'ljallar xususiyatlariga, o'zaro hamkorlikka, tayyorlikka tayangan sevgi ancha baquvvat va umriboqiydir. uzoq muddatga mo'ljallangan doimiy muloqot sirasiga kiradi; bu munosabatlarning aksariyati diada shaklida ro'y beradi; muomala va muloqotdan qoniqish bevosita nikohdan qoniqish uchun omil hisoblanadi. Rus olimi A.I. Antonovning ta'kidlashicha, eng mustahkam nikohga sabab bo'lgan munosabatlarda ikkala tomon ham shaxs sifatida tobora takomillashib, sayqal topib, ularda o'zaro mehrga, bir-biriga yordam berishga ishtiyoq ortib boraveradi. Ko'plab o'tkazilgan tadqiqotlar bo'yicha olimlarning ta'kidlashlaricha, yer-xotinlik aloqalari yetuk inson uchun eng ahamiyatli va hayotiy zarur bo'lgan munosabatlardir. Olimlarni qiziqtirgan muhim masala - mustahkam, baxtli nikohni tashkil etuvchi vosita nima ekanligini aniqlashdir. Shunisi xarakterliki, har bir inson o'z oldiga oila qurish, nikohga kirishni maqsad qilib qo'yar ekan, u avvalo, oila va nikoh borasida xalq orasida shakllangan tasavvurlarga tayanadi. Nikohga kirgan juftlik doimo nikoh tushunchasiga aloqador bo'lgan qat'iy doiralar va normalar dunyosida yashaydi, lekin har bir juftlikning hayoti o'zlarigagina aloqador bo'lgan o'ziga xos xufiyona, sirli olamdir. Zero, ikki individuallikning birlashuviga sabab bo'lgan his-tuyg'ular bir qarashda o'sha xufiyonalik sababli zarar ko'rayotganga o'hshaydi, ba'zan yer va xotin bir-biriga nafaqat xarakter nuqtai nazaridan, balki tashqi ko'rinish bo'yicha ham o'xshab ketadi, deyishadi. Ikkinchidan, ayni shu birlik, o'xshashlik, kirib ketishlik yerni ham ayolni ham jamiyatda o'ziga xos bir avtonomiyaga, jozibadorlikka erishib borayotganligining namoyon bo'lishiga turtki bo'ladi. Shu bois bo'lsa kerak, ijobiy hislar tufayli tashkil bo'lgan oilada sevish-sevilishning nafrat-agressiyaga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc