Ruhiy kasalliklar ruhiy kasalliklarda uchraydigan belgilar

Ruhiy kasalliklar ruhiy kasalliklarda uchraydigan belgilar

O'quvchilarga / Psixologiya
Ruhiy kasalliklar ruhiy kasalliklarda uchraydigan belgilar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ruhiy kasalliklar ruhiy kasalliklarda uchraydigan belgilar Psixonevrologik yordamni tashkil etish shifoxonalarda va psixonevrologik dispanserda ruhiy kasalliklarni davolash, nazorat qilish hamda parvarish qilish Bilish faoliyatining buzilishi. Bilish faoliya ti 3 qismdan iborat: idrok, xotira va tafakkur. Idrokning buzilishi ikki xil bo'lib, bular illuziya va gallutsinatsiya. Illuziya - bu aniq narsalarni noto'g'ri idrok etish. Illuziyalar ko'ruv, eshituv, hid bilish, taktil va ta'm bilish illuziyalariga bo'linadi. Illuziya sog'lom odamda ham uchraydi. Masalan, shisha idishdagi suvga solingan qoshiq xuddi singandek ko'rinadi. Ko'ruv illuziyasida uyda osilib turgan to'n odam bo'lib ko'rinadi va h. k. Illuziyalar ko'pincha, yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda, turli xil zaharlanishlar oqibatida va juda jismoniy toliqqan odamlarda ham uchraydi. Gallutsinatsiya - yo'q narsalarni bor deb idrok etish. Illuziyalarda chindan ham bor narsalar boshqacha bo'lib idrok etilsa, gallutsinatsiyalarda bemor yo'q narsalarni ko'radi, eshitadi, hidlaydi, sezadi. Ko'ruv gallutsinatsiyasida bemorlarning ko'ziga odamlar, hayvonlar har xil mahluqlar ko'rinishida aks etadi. Eshituv gallutsinatsiyasida bemorning qulog'ida har xil tovushlar eshitiladi. Hid bilish gallutsinatsiyasida bemorning dimog'iga qo'lansa hidlar kiradi va bemor burun teshiklarini yopib oladi. Ko'ruv gallutsinatsiyasi o'tkir psixozlarda, yuqumli kasalliklarda, ichkilik vasvasalarida uchraydi. Hid bilish va eshituv gallutsinatsiyalari esa shizofreniyaning boshlang'ich davrida kuzatiladi. Xotiraning buzilishi. Xotira hayot tajribasida esda qolgan ma'lumotlarni esda saqlash va takror aytib berishdir. Xotiraning buzilishi 3 ta: a) gipomneziya - xotiraning susayishi, bunda o'tmishdagi va yaqin vaqtdagi voqealar eslab qolinmaydi; b) gipermneziya - ancha vaqt o'tgan voqealarni xotirada saqlab qolish; d) amneziya - xotiraning yo'qolishi yoki eslay olmaslik. Retrograd amneziyada bemorlar kasallikdan oldin bo'lib o'tgan voqealarni eslay olmaydilar. Bu holat, ko'pincha, bosh miya lat yeyishi, chayqalishidan keyin kelib chiqadi. Anterograd amneziyada kasallik boshlangandan keyin ro'y bergan hodisalar bemor xotirasidan tushib qoladi va kundalik voqealarni eslab qola olmaydi. Konfabulatsiya - xotiradan ko'tarilgan voqelikni uydirma hodisalar bilan to'ldirish. Bemor ilgari hech qachon qilmagan ishlar bilan shug'ullanishini aytadi. Bemor 3 oyga yaqin shifoxonada yotgan bo'lsada, ikki kun ilgari chet el safaridan qaytib keldim, deb uydirma va yolg'on gaplari bilan ishontirishga harakat qiladi. Xotiraning bunday buzilishlari bosh miyaning organik kasalliklarida uchraydi (bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, bosh miya zaxmi va h. k.). Tafakkurning buzilishi. Tafakkur (fikrlash)ning buzilishi xilmaxil bo'lib, uning tezlashuvi va sekinlashuvi kuzatiladi. Tafakkurning tezlashuvi moniakal-depressiv psixozning moniakal bosqichida bo'ladi. Bunda bemorning fikrlashi shu qadar tezlashib ketadiki, u fikrlarni so'z bilan ifodalashga ulgura olmay qoladi. Natijada, ba'zi so'z va jumlalarni tushirib gapiradi. Bunda bemorning gapirgan gaplarini tushunish qiyin bo'lib qoladi. Moniakal-depressiv psixozning depressiv bosqichida tafakkurning sekinlashuvi kuzatiladi. Bunda bemorning tafakkuriga biror tushuncha chuqur o'rnashib qoladi. Bemor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.57 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.57 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga