Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari internatlari, kuni uzaytirilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.Ushbu masalalarda ta'lim umumta'lim oddiy bog'cha yoki maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. . ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo'lib,bunday bolaga bilim berishda O'qituvchi uning o'ziga xos individual xususiyatlarini etiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi. RUHIY RIVOJLANIShI SUSTLAShGAN BOLALAR Olimlar tekshirish vaqtida debil va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlarni berib kuradilar, shunda normal sog'lom bolalar berilgan vazifani to'g'ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan bo'lsalar,debil bolalar vazifani tushunmay, bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani qisman tushunib, qisman bajarishadi. Demak, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqli zaif, debil bolalarga nisbatan ancha yaxshi tushunadi va bularni bajarish uchun ularda kerakli imkoniyatlar mavjud bo'ladi. boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi hillarga bo'lishni tavsiya etadilar: 1) konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4) tserebral shakli. Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog'lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1- 2 yosh kichik kurinadi. U o'zini bog'cha yoshidagilarga O'xshab tutadi va ta'lim olish uchun hali etilmagan bo'ladi.Bunday bola O'quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda O'qishga qiziqish yo'q, ish qobiliyati past. mas'uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli O'qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan uzlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og'rib turishi konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto'g'ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta'sir O'tkazgan bo'ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3 guruhga bo'lish mumkin: 1. Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug'ullanmaslik, uni butunlay o'z holiga tashlab qo'yish, bunda bolalarda burch va mas'uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati,his-tuyg'u va iroda yetishmasligi ustiga O'quv fanlarini uzlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham qo'shiladi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aqil-idrok bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto'g'ri tarbiya natijasida paydo bo'lgan xislatlar ham qo'shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo'lib, ular noto'g'ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi O'quvchilar qatoriga O'tib qoladilar. Xolbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda shaxsiyatning har tomonlama noto'g'ri rivojlanishi markaziy nerv sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: ppt