Sevgi-muhabbat va rashk psixologiyasi Reja: muhabbat- insonning noyob tuyg'usi. muhabbatning yagona formulasi. muhabbat bosqichlari. Mijoz va muhabbat. Rashk psixologiyasi. Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asarini olib ko'rmang, ularning xech qaysisi o'z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining een kuchli va sirlisi, serjilo va sexirlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o'ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyg'ular olamiga etaklagan, uni engib bo'lmas g'ovlardan o'tishiga undagan, uni rag'batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuxfa etgan. Xatto o'lim to'shagida yotgan kishiga umid bag'ishlab, hayot nashasini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini armug'on etgan, uning atrf-muhitni hamda o'zligini idrokqilishi uchun turtki bo'lgan. Shaxs ruhiyatida xatto o'ziga xam nomalum bo'lgan qudratni kashf etgan. ko'hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg'u barchaga barobar aziz va muqaddasdir. Buyuk olim Abu Ali ibn Sino o'z asarlaridan birida kuchli muhabbatni izoxlar ekan, uni kasallik sifatida ta'riflaydi va davolanish yo'llarini ko'rsatib o'tarkan, muhabbat o'tida qiynalib azob chekayotgan ikki qalbni birlashtirishni maslahat beradi. Shuningdek, u malum obyektiv sabablarga ko'ra, yanni dindagi, salomatlikdagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va shu kabi tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirib imkoni bo'lmasa, unda odamning ruhiy xususiyatlariga ko'ra, turlicha davo choralarini qo'lashni tavsiya etgan. Masalan, hissiyotni boshidan kechirayotgan odamni sevgilisidan sovitish, hissiyotni boshqa shaxsga ko'chirish, chalg'itish, organik ehtiyojlarni qondirish orqali muhabbat xislarini susaytirish shular jumlasidandir. Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta'rif-tavsif berimagan, bevosita unga bag'ishlangan ilmiy asarlar nixoyatda kam. Kishilar ongida bo'lgani kabi baddiy asarlarda xam muhabbat haqidagi turlicha, ko'pincha bir-biriga zid fikr va ta'riflarni uchratish mumkin. Bu boradagi fikrlarni biz kitobning dastlabki bobida bir muncha yoritib o'tishga harakat qildik. Klassik asarlarda, jumladan, qadimgi xind traktatida muhabbatga bir muncha to'liq ta'rif beriladi: Aql mayl xurmatni tug'dirsa, qalb mayli do'stlikni, tana maylixoxishni tug'diradi. Aql, qalb va tana bir bo'lib sevgi muhabbatni tug'diradi. Volter: Sevgi-muhabbat- bu xam qalb xam aql va tanaga bir vaqtning o'zida xujum qilinadigan eng kuchli, zavqli his-tuyg'ulardan biridir, deb ta'rif beradi. Bu ta'riflarni o'zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi-muhabbatda zaruriy ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik komponent xam hisoblanadi. Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo'nalishida ketishga qarab ikki turga-eros va agapega bo'lganlar, vaxolanki, ular muhabbatning ikki muhim tomonidir, yanieros- muhabbat obyektiga ega bo'lishiga, uni o'ziniki qilib olishga qaratilgan bo'lsa, agape-hissiyotni boshdan kechirayotgan shaxsning hissiyot obyektiga o'zini bag'ishlashidir. Ana shu hissiyot xar bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog'i hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhabbatdagi istiqbolini xam oldindan aytib berish mumkin. Basharti,agpeustunlikqilsa, hissiyotning umri uzoq bo'lishi va aksincha,eros ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.89 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.89 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc