Sezgi psixologiyasi

Sezgi psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Sezgi psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

SEZGI psixologiyasi REJA: Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik Sezgining neyrofiziologik asoslari Sezgi turlarining psixologik tavsifi Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga ko'ra narsa va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatishining mahsulidir. Ma'lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa, ular xuddi shundayligicha o'zgarishsiz aks ettiradi. Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko'z, quloq, teri, burun kabilar), ta'sirotni eltuvchi (affe­rent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analiza­torlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi. Jahon psixologiyasi fani so'nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko'rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir):1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya'ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar); ichki a'zolar holatlarini in'ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a'zolarida, to'qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoretseptiv sezgilar; gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot beruvchi, muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioretseptiv sezgilar. Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. Sezgiiarning uimimiy qonuniyatlari va sezgirlik Sezgilar o'zlariga adekvat mos bo'lgan qo'zg'atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanuvchi bilish jarayonidir. Ko'rish sezgisining adekvat qo'zg'atuvchisi havo to'lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron diapazondagi clektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu elektromagnit nurlanishlar ko'rish analizatorlarida ko'rish sezgisini vu­judga keltiruvchi asab jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilarining tebranish chastotasi 16 dan 200 gacha bo'lgan tovush to'Iqinlari ta'sirining retseptorlarida aks etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo'zg'atuvchilarning teri yuzasidan ta'siri natijasida hosil bo'ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan tebranishni aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in'ikos qilish orqali yuzaga keladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o'zlarining maxsus qo'zg'atuvchilariga egadirlar. Sezgining neyrofiziologik asoslari Psixologiya fanida va falsafada bilishning ikki bosqichi, ya'ni uning hissiy (sezgi, idrok, tasavvur) va aqliy pog'onalari mavjud bo'lib, bu mumtoz xususiyat sifatida ma'Ium. Aqliy bosqich xotira, tafakkur, xayol jarayon­larini qamrab olgan bo'lib, o'zining mukammalligi, yuksakligi, mahsuldorligi, ijodiyligi bilan oldingi bosqichdan keskin ajralib turadi. Biroq bugungi kunda bilish bosqichlarining miqdori, tavsifi psixologiya fani oldida turgan zarur vazifalarni bajara olmay qoldi. Ong darajalari xususiyatlariga ko'ra bilishga oid qo'shimcha bosqichlarga kuchli ehtiyoj sezadi. Xuddi shu bois bilishning harakatli hissiy, aqliy, ijodiy, tarixiy bosqichlarga (tabaqalashtirish)ajratib tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir (E.G'oziyev). Harakatli hissiy bosqich nutqqacha davrda ustuvorlik qilish bilan boshqa bilish ko'rinishlaridan keskin farq qilib turadi. Hissiy va aqliy bosqichlar barcha insonlarga xos bo'lib, ular ontogenezning turli davrlarida hukm surishi mumkin va aks ettirish imkoniyati boshqalarga qaraganda samaraliroqdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 211.11 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 211.11 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga