Sezgilar - rasmi

Material tavsifi

Sezgilar Reja: Sezgilar haqida tushuncha. Sezgilarning turlari. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Tayanch iboralar: Sezgi haqida tushuncha. Sezgilarning fiziologik asoslari. Analizatorlar, ularning tuzilishi. Sezgilarning turlari.Sezgilarning asosiy qonuniyatlari: adaptasiya, sensibilizatsiya, sinesteziya. Psixofiziologik qonuniyatlar. Sezgilarning rivojlanishi va faoliyat. SEZGILAR HAQIDA TUSHUNCHA. Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi. Sezgi - ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta'sir qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jaryondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta'sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo'lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko'pligi (ortiqchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funktsional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Buni tekshirib ko'rish uchun maxsus surdokameralarda ko'plab tajribalar o'tkazilgan. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, sinaluvchilar to'la izolyatsiya holatida bir necha soatdan keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to'xtalishini talab qilib boshlaydilar. Ularda og'riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko'proq vaqt izolyatsiyada saqlansa unda ongning buzilishi, turli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Real hayotda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko'plab nazariyalar mavjud. Avvolo shuni ta'kidlab o'tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta'sirining natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi. subyektiv idealistlar (Berkli, YUm, Max) olamni sezgilarning yig'indisi sifatida talqin qiladilar. Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I.Myuller, Gel'mgolts) sezgi organlarining o'ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi ta'sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgi organiga ta'sir qilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo'ladi. Bu nazariyaning to'g'riligi isbot qiluvchi ko'plab misollar bor - bo'lar elektr toki, bosimning ta'sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo'ladi. Ammo xid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta'sir qilib, ularga xos sezgilar hosil qilmaydilar. Sezgi organlari maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi a'zolarining ixtisoslashishi - uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot mahsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a'zolarining o'ziga xosligi sezgilarning o'ziga xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o'ziga xosligi tashqi olamning o'ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan. Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil qiladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat: 1) tashqi ta'sir kuchini ichki nerv quvvatiga (jarayoniga) o'tkazadigan maxsus transformator - analizatorning pereferik qismi; 2) analizatorning pereferik qismini markaziy qism bilan bog'laydigan o'tkazish yo'llari. Ular afferent (markazga intiluvchi), efferent (markazdan qochuvchi) yo'llardan iborat bo'ladi. 3) markaziy, pereferiyadan keluvchi signallarni qabul qilib, qayta ishlovchi qism (miya qismi). Analizatorlarning periferik bo'limida motor va hissiy qismlar uyg'unlashganligi sababli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.37 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.37 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga