Sezgilarni psixofizika uslublari yordamida o'rganish R e j a : Psixofizika va uning muammolari. Sezgirlikning mutloq chegarasini aniqlash metodlari. Farq qilish chegarasini aniqlash metodlari. Psixofizika umumiy psixologiyaning klassik bo'limlaridan biri bo'lib, uning asoschisi Gustav Teodor Fexner (1801-1887) hisoblanadi. Psixofizikaning o'ziga xos tomoni. Kuzatilayotgan xatti-harakat va ruhiy holatlar eng avvalo ularni vujudga keltirgan turli fizik (tabiiy) sharoitlar orqali tushuntiriladi. Ayniqsa, sensor va pertseptiv faoliyatini psixofizik o'rganilishi yaxshi rivojlangan bo'lib tadqiqotlar 2 xil yo'nalishda 1-sezgirlik chegaralarini o'rganish: 2-psixofizik shkalalar tuzish; tarzida tashkil etiladi. Tekshiruvchilar ish holatini yozib olishning zamonaviy vositalaridan foydalanish nafaqat sensor va pertseptiv jarayonlarni, balki ichki faollik va qaror qabul qilish kabi holatlarni ham o'rganish imkonini beradi. Psixofizikaning zamonaviy uslublaridan biri R.SHepardning ko'p o'lchovli shkalalashtirish metodikasidir. Uning yordami bilan sezgirlikning eng muhim va o'ziga xos tomonlari o'rganiladi. Bunday tadqiqotlar nafaqat sezgirlik psixofizikasida, balki hissiyot psixologiyasida, psixodiagnostika va psixosemantikada ham keng qo'llaniladi. Psixofizik muammo keng ma'noda birinchidan, psixikaning tabiatdagi o'rni, tor ma'noda esa psixologik va fiziologik jarayonlarning o'zaro nisbatidir. Ikkinchidan, psixofizika muammosini psixofiziologik muammo, deb atash mumkin. Psixofizik muammolar - XVII asrda R.Dekart jonli organizmlarning xulq-atvorini mexanik o'zaro ta'sir sifatida qarash kerakligi haqidagi g'oyani ilgari so'rgandan so'ng, ayniqsa, dolzarb bo'lib qoldi. Bu g'oyaga ko'ra ongning tushuntirish qiyin bo'lgan aktlari jismsiz fazoviy bo'lmagan substantsiyaga kiritilgan. Bu substantsiyaning tana mashinasi ishiga munosabati R.Dekartni psixofizik o'zaro ta'sir konsepsiyasini ilgari surishga undadi, ya'ni tana faqat harakat qiladi, jon faqat fikrlaydi, ular miyaning muayyan qismida bir-biriga ta'sir etadi. T.Gobbs va B.Spinoza bu g'oyaga qarshi chiqib, o'z qarashlarini ilgari surishgan. Gobbs, sezgini moddiy jarayonlarning yordamchi predmeti, deb qarasa, Spinoza g'oyalar tartibi, xuddi buyumlar tartibiga o'xshaydi, deb ko'rsatadi. G.V.Leybnits, mexanistik qarash bilan psixikani noyob mohiyat, deb qarashni bir-biriga aralashtirgan holda psixofizik parallelizm g'oyasini ilgari surdi. Uning fikricha tana va jon o'z operatsiyalarini bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda bajaradi, lekin ular o'rtasida nihoyatda nozik kelishuvchanlik mavjud. Ular bir-biriga bog'liq bo'lmay yurayotgan, lekin bir vaqtni ko'rsatayotgan ikkita soat strelkasiga o'xshaydi. X1X asrning oxiri XX asr boshlarida psixofizik muammoni mexanizm yo'nalishida talqin qilish keng avj oldi. Bu oqim jon va tanani bir xil elementdan tashkil topgan, deb hisoblaydi. Juda ko'plab asarlarda psixofizik muammolar, psixikani yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasi, ya'ni jonli mavjudot bilan tashqi dunyoning o'ziga xos ta'siri natijasi sifatida qarash orqali tushuntiriladi. Psixofiziologiya va u bilan bog'liq ko'pgina fanlarning tarmoqlarida psixik aktlar va ularning fiziologik substratlarining bog'liqligi haqida boy ma'lumotlar to'plandi. Sezgirlikni tajriba asosida o'rganishning ahamiyati qanday? Tashqi olam haqidagi bilimlar asosi sezgilardir. Sezgi tashqi olamdagi predmetlarning sezgi a'zolariga bevosita ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.54 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.54 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc