Sharq allomalari asarlarida o'qitish usullari Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, AForobiy, Davoniy, Jomiy asarlarida ta'lim-tarbiya, o'qitish masalalari atroflicha bayon qilib berilgan. Shuningdek, mutafak-kirlarimiz tomonidan ta'lim jarayonida o'qitishning qaysi usul vositalaridan foydalanish lozimligi uqtirib o'tilgan. Keitirilgan fikrlardan ko'rinadiki dastlab shaxs amaliy bilimlarga keyinchalik esa nazariy bilimlami qo'lga kiritishi lozimligi borasidagi g'oyalar ilgari surilgan. Qomusiy olim Abu Rayhon Bemniy asarlarida o'qitish usullari masalasiga alohida to'xtalib, o'quvchi shaxsiga ta'lim berishda ko'proq qaysi tomonlarga e'tibor berish kerakligini bayon qilib beradi. Jumladan, olim tomonidan quyidagi qoidalar ilgari suriladi: o'qitishda yodlatish emas, balki tushunish mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish, yo'liga amal qilish lozimligi. o'qitishda o'quvchining qiziqishi, intilishini hisobga olinishi va muallim o'z shogirdlariga xushmuomalali bo'lishi. o'qitishda turli usul, metodlarni qo'llash ya'ni qarab chiqish, o'qilmagan mavzularni o'qib olish kerakli joylarini qayta o'qib olish, umuman yana o'qib chiqish va tushunib ohsh. o'quv qurollarini, kitoblami e'tibor bilan avaylab, asrab tutish, bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi. Bemniy yoshlarni o'qitish uchun o'qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq aniqrog'i 5-6 yoshidan o'qitish tarafdori edi. Buning uchun o'qituvchi xushmuomalali, rostgo'y, o'z fanini yaxshi biladigan pokiza, toza ozoda yurish va turishida namuna bo'lishini talab etadi. Bu g'oya to'g'ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdh. Bemniy ta'lim tarbiyaga o'quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg'ulotlar davomida o'quvchini zerikib qolmasligi uchun ta'lim olishning turli yo'llari, shakl va metodlari ustida to'xtalgan. U shunday deb yozadi, «Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. hadeb bir narsani takrorlash zerikarli bo'ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Agar o'quvchi bir masaladan, boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek bo'ladi, bir bog'dan o'tar o'tmas, boshqa bir bog' boshlanadi. Kishi ulaming hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag'ishlaydi deb behuda aytilmagan». Olimning so'zlarida uning bilim berish yo'llari haqidagi qarashlari ham bayon etilgan. Birinchidan - ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo'lishi, o'quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko'zda tutadi. Ikkinchidan - bunday usul boshqa tadqiqotchilaming o'qib o'rganuvchining mehnatini yengillashtirishga qaratilgan. Uchinchidan - borliqdagi hodisalami har tomonlama o'rgan-masdan ilmiy bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo'lishini ta'kidlaydi. Bemniy ilm olishga kirishni quyidagicha ta'kidlaydi: «Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbingni, ko'ngilni ozdimvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikning quli bo'lishdan o'z hokimligi uchun kurashishdan ozod bo'lmog'ing darkor». Beruniy o'quvchiga bilim berish uni xat savodli qilish haqida gapirar ekan, bu o'rinda qog'ozning paydo bo'lishi, yozuv va uning vujudga kelish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.28 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.28 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc