Shaxs dunyoqarashini shakllantirish

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir. Unda ijtimoiy-g'oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma'naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e'tiqodlar namoyon bo'ladi. Dunyoqarashga ega bo'lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, subyektlarga nisbatan ma'lum munosabatning qaror topishi, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to'laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas'uliyat tuyg'usiga ega bo'lishi uchun zamin yaratadi. Dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiyaning yo'lga qo'yilishi, uning turli yo'nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o'z-o'zini tarbiyalab borishi asosida shakllanadi. Dunyoqarashning boyib borishi shaxsiy sifat va fazilatlarnin boyitadi, barqarorlashtiradi. Ezgu g'oyalardan tarkib topgan dunyoqarash shaxs ijobiy fazilatlarinig boyitadi. Dunyoqarash o'z mohiyatiga ko'ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo'lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash uzluksiz, izchil ravishda mavjud bilimlarni puxta o'zlashtirish, hayotiy tajribani orttirish asosida shakllanadi. Shunga ko'ra shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Aqliy tarbiyaning shaxs ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi roli. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o'rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to'g'risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat bo'lib, uni samarali yo'lga qo'yish asosida dunyoqarash shakllanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zRning Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mazmunida ham bilimli, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligiga urg'u beriladi. Malakali kadr bo'lib yetishish ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Aqliy tarbiya o'quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi. Aqliy ta'lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to'laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo'lib, quyidagi belgilarga ko'ra aniqlanishi mumkin: Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi. Mavjud ilmiy bilimlarni o'zlashtirib olish jarayoni. Fikrlash ko'nikmasiga egalik. Bilimlarni egallashga bo'lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi. Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga kelib, uning negizida ilmiy qarash va e'tiqod yotadi. Ilmiy qarash (yunoncha idea - g'oya, tasavvur va tushunchalar yig'indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g'oya bo'lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o'zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 702.91 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 702.91 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga