Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida. Muomala

Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida. Muomala

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida. Muomala - rasmi

Material tavsifi

MUOMALAning kommunikativ tomoni : muammolar informatsiya almashish Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Uchinchi bosqich avlodlar o'rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta'lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo'ladi. Odamlarning asl tabiatiga mos bo'lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko'proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya'ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko'ngilligi, suhbatlashish yo'llarini bilish, til topishish qobiliyati, o'zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta'sir kursatadi. Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o'sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do'stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo'lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o'z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti. Muloqot mavzui va yo'nalishiga ko'ra: Ijtimoiy yo'naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan). Guruhdagi predmetga yo'naltirilgan (mehnat, ta'lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot). Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o'rtasidagi ma'lumot almashinuvi jarayoni. Mulo'qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta'siri. Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog'liq bo'lgan murakkab psixologik jarayon. Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chiqamiz. muloqotning kommunikativ tomoni muloqotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g'oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til. Yozma-og'zaki, monologik-dialogik nutq. Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bo'lgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bog'liq bo'ladi. O'qituvchi-o'quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Muloqotning interaktiv tomoni - kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir - birlariga amaliy jihatdan ta'sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir - birlariga yordam berish, bir - birlaridan o'rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin. Psixologiyada ijtimoiy ta'sir masalasi Muloqot jarayonini boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari iborasi orqali ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni o'zlashtirish va vaziyatga oid ravishda qo'llash muloqotning erkinligini ta'minlaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 511 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 511 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga