Shaxs muomala subyekti sifatida va muomaladagi mutasaddilik Reja: Insoniy muloqotlar psixologiyasi Shaxslararo muomalaning shaxc rivojlanishida tutgan о'rni. Muomalaning psixologik vositalari. Har bir normal kishi о'zgalarni tinglashga, о'z fikrini birovlarga yetkazishga, ya'ni gapirishga, fikrlarini ba'zan yozma tarzda bayon etishga tug'ma qobiliyatliday о'zini tasavvur qiladi. Lekin aslida ana shu birovlarni tushunish va о'z fikrlarimiz, о'ylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz о'zimizga о'xshash inson jamiyatisiz mavjud bо'la olmasligimizni bildiradi. Muomalaning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita yuzma-yuz bо'lishi u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki dо'stona bо'lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bо'lishi mumkinligini professor V.Karimova ta'kidlaydi. Insoniy munosabatlar о'zaro shunday ta'sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bо'ladi. Bunday jarayon dastlab kishilar о'rtasida rо'y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Kishilar muomalada bо'lgani sari ular о'rtasida umumiylik, о'xshashlik va о'yg'unlik kabi sifatlar paydo bо'ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki yarimta jumladanham fikr ayon bо'ladigan bо'lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muomalaning tig'izligi teskari reaksiyalarni-bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig'iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig'izlik oilaning barcha a'zolari о'rtasida emas, uning ayrim a'zolari о'rtasida bо'lishi mumkin.(ota-ona, qaynona-kelin). О'zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan kо'zlaydigan asosiy maqsadlari- о'zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat kishi muomaladan, ayniqsa uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma'naviy jihatdan rag'batlantiriladilar. XXI asr bо'sag'asida kishining eng tabiiy bо'lgan muomalaga bо'lgan ehtiyoji, uning sirlaridan habardor bо'lish va о'zgalarga samarali ta'sir eta olishga bо'lgan intilishi yanada oshdi va buning bir qator sabablari bor. Birinchidan, axborotlarni kо'pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma'lumotlarni saralash, u bilan tо'g'ri munosabatda bо'lishni taqozo qiladi. Axborot XX1 asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu о'z navbatida insonlarga zarur axborotlar о'zatilishi tezligi va tempini о'zgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan kishilar guruhining kо'payishi, ular о'rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig'iz sharoitda oddiygina muomalani emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muomalani talab qiladi. Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda odam-odam dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Jumladan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar, marketing va boshqalar. (Karimova V. PsixologiY.2002. 160-161 betlar). Shaxslararo muomalaning shaxc rivojlanishida tutgan о'rni. Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muomala jarayonining mahsulidir. Har qanday muomalaning eng sodda vazifasi-suhbatdoshlarning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.03 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.03 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc