Shaxs psixologiyasi psixologiyada shaxs tushunchasi

Shaxs psixologiyasi psixologiyada shaxs tushunchasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs psixologiyasi psixologiyada shaxs tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Shaxs psixologiyasi psixologiyada shaxs tushunchasi Psixologiya fanining o'rganish obyekti odamdir. Odam insonshunoslik fanlari tomonidan har tomonlama o'rganilib kelinmoqda. Psixologiyada odam biologik evolyutsiya mahsuli sifatida, jamiyat ishlab chiqarishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subyekti sifatida o'rganiladi. Odamning boshqa shaxslar bilan, tashqi olam bilan bo'lgan munosabatlari xilma-xil bo'lganligi uchun unga xos bo'lgan psixologik sifatlar va fazilatlar ham nihoyatda xilma-xildir. Inson ilgarilari ham jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va barcha ijtimoiy jarayonlarning subyekti bo'lib kelgan. Hozirgi davrda odamning psixologik sifatlarini keng namoyon qilishiga jamiyat tomonidan ehtiyoj ortib bormoqda. Mustaqillik tufayli jamiyatda yangi-yangi uyushmalar, guruhlar vujudga keldi. Ishbilarmonlik harakati avj olib bormoqda. Bularning hammasi har bir shaxsga xos bo'lgan psixologik sifatlarni mukammal bilishni taqozo etmoqda. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli xalqimizning ma'naviy olamida, ongida jiddiy o'zgarishlar yuzaga kelmoqda. Shuning uchun davrimiz shaxsining psixologik sifatlarini tadqiq etish muammolariga ana shu sifatiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda yondoshmoq zarur. Insonning psixologik xususiyatlari, sifatlari deganda har bir konkret odamning, yani shaxsning o'ziga xos bo'lgan xususiyatlari tushuniladi. Malumki, har bir odamning o'z ehtiyojlari, qiziqishlari, ishonch - e'tiqodi, malaka va odatlari, qobiliyati, istedodi, temperament tipi va xarakter xislatlari bo'ladi. Umumiy psixologiya fani inson shaxsiga xos bo'lgan ana shu xususiyatlarning yuzaga kelishi va namoyon bo'lishi qonuniyatlarini o'rganadi.Shaxsdagi barcha psixik jarayonlar va shaxsiy xususiyatlar o'z-o'zicha yuzaga kelmaydi. Psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, xayol va h.k.) ham, shaxsning psixologik xususiyatlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, malaka va odatlari, qobiliyatlari, istedodi va h.k.) ham odamning faoliyati jarayonida namoyon bo'ladi. Buning uchun umumiy psixologiya shaxsni uning turli faoliyati davomida o'rganadi. Odamning turli yo'nalishdagi faoliyati esa boshqalar bilan qiladigan munosabatlari jarayonida amalga oshadi. Odam o'z faoliyati jarayonida boshqa odamlar bilangina emas, balki atrofdagi narsalar va o'z-o'zi bilan ham munosabatga kirishadi, buning natijasida u boshqa shaxslar va narsalarni o'z ongida aks ettiradi. Shuning uchun psixologiyada shaxsning psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlarini o'rganish bosh muammodir. Umumiy psixologiyaning so'nggi yillardagi erishgan yutuqlariga asoslanib, shaxsga quyidagicha psixologik ta'rif berish mumkin; Ong egasi bo'lib, jamiyatga azo hisoblanuvchi, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etuvchi odam shaxs deb aytiladi. Odam individ sifatida dunyoga keladi va keyinchalik shaxsga aylanadi. Har bir individ yoshlik chog'idayoq tayyor holdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga duch keladi va bu munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Shuning uchun ham shaxs ijtimoiy munosabatlarning majmuidan iboratdir. Shaxs va uning mohiyati haqidagi psixologik ta'limotga muvofiq har bir konkret shaxs o'zi mansub bo'lgan ijtimoiy muhit va siyosiy sharoitning mahsulidir. Psixologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, odam hayotining ilk davri tirik mavjudotlik bo'lib, bu tirik mavjudot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.86 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.86 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga