Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar psixologik shart-sharoitlar

Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar psixologik shart-sharoitlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar psixologik shart-sharoitlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Kirish Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar Psixologik shart-sharoitlar Shaxs shakllanishi haqida gapirar ekanmiz, albatta u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Mana masalan, biron mahamada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta'sir ko'rsatuvchi bez yuzta o'ziga xos ijtimoiy muhit bor degan manoni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug'iladi. Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta'sir qiladi? Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli xrdisalar odamning ongiga bevosita ta'sir qilibg unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta'sirining chuqurroq va mustahkamroq bo'lishiga odamning o'zi yordam beradi. Malumki, bolalar o'z tabiatlariga ko'ra, ilk yoshlik chog'laridan boshlab nihoyat darajada taqlidchan bo'ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o'zlariga singdirib boradilar. Shuning uchun bolalar oilada, ko'cha - kuyda katta odamlarning har bir harakatlarini, o'zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borara ekan, shuni ham takidlab o'tish zarurki, ayrim gayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta'sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to'la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo'lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonli doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o'rmonzorda bo'ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to'rt oyoqlab yugurib yurganini ko'rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom quyadi. Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo'ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fel-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo'rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo'q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo'ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o'lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, yani ijtimoiy muhit bo'lishi kerakligini to'la tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta'sir etuvchi ikkinchi omil -ta'lim - tarbiyaning ta'siridir. Malumki, ta'lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uni dunyoqarashi, e'tiqodi, hayotta bo'lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan ta'lim tarbiyaning o'zigagina bog'liq bo'lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun'iy va aynan bir xil ta'lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab -baravar tarakqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni etishtirib chiqarar edik. Baholanki, bunday bo'lishi mumkin emas. Shuni aytib o'tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta'lim-tarbiyaning ta'siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, yani bog'cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta'lim tarbiya tushuniladi. Biroq bundan oilada bolaga beriladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.4 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.4 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga