Shaxs sotsializatsiyasi va uning yo'nalishi

Shaxs sotsializatsiyasi va uning yo'nalishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs sotsializatsiyasi va uning yo'nalishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Sotsializatsiya jarayonining mohiyati. Sotsializatsiya va shaxs yo'nalishlarining uyg'unligi masalasi. Shaxs yo'nalishlarining barqarorligi va o'zgaruvchanligi muammosi. Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o'ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo'ladiki turli shakldagi o'zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta'siri qay yo'sinda sodir bo'lishi psixologiyada sof sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog'liq bo'lsa, bu ta'sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo'lishi ijtimoiy yo'l-yo'riqlar muammosi bilan bog'liqdir. Shaxs sotsializatsiyasi to'g'risida gap ketar ekan, uning fanda ko'pincha «shaxs taraqqiyoti» yoki «tarbiyasi» tushunchalari bilan sinonimdek ishlatishga alohida etibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo'lib, bu individning ijtimoiy muhitga qo'shilishi, ijtimoiy ta'sirlarni o'ziga aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo'lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta'sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o'z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro'y beradi, chunki shaxsda (individda) shaxs bo'lishga ehtiyoj hamda shaxs bo'lishiga imkoniyat va zaruriyat bor. Shaxs sotsializatsiyasining o'z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud. Shaxs sotsializatsiyasi asosan uch sohada amalga oshadi: 1) Faoliyat sohasi, yani umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo'lib, bu jarayonda faoliyatlar turi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni malaka va ko'nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo'lidagi avtivligi unda o'ziga hos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o'smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo'ladi, jamiyatda o'z o'rnini tasavvur qilishga erishadi; 3) o'z-o'zini anglash sohasi, yani «men» obrazining yil sayin o'zgarib borishi jarayoni bo'lib, avval o'zini boshqalardan farq qiladigan jihatlarini, o'zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so'ngra esa o'z-o'zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs sotsializatsiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshadi: 1) birinchi bosqich-mehnat faoliyatigacha bo'lgan bosqich bo'lib unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o'qish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning ahamiyati va o'ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta'sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o'tiladi. 2) ikkinchi bosqich-mehnat faoliyati davri-bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog'liq bo'lib, avvalgi davrlarda singdirilgan ijtimoiy ta'sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo'lib, aniq hayot yo'lini tanlangan, turmush qurib, kelgusi avlodni tabiyalayotgan shaxsda namoyon bo'ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir; 3) uchinchi bosqich-mehnat faoliyatidan keyingi davr bo'lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so'ng qarilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.51 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.51 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga