Shaxs tuzilishi va shakllanishi. Shaxs psixologiyasi Reja: Shaxsning psixologik xarakteristikasi Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar 4. An'anaviy va yangi nazariyalar 5. Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar Shaxsning psixologik xarakteristikasi, psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam ko'plab fanlarning o'rganish obyekti bo'lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o'rganadi. O'z obyektini belgilash va ta'riflash uchun turli tushunchalar qo'llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo'luvchi ongli faoliyat subyekti sifatida o'rganadi. Psixologiya fani odamni ta'riflashda ko'plab tushunchalar qo'llaniladi. Shu jumladan «shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo'llaniladi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. «Individ» tushunchalar kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug'ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vaqilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo'lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxs ga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtrishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsning ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo'lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o'zi hayot uchun yo'l tanlashida, bu yo'lni egallashida. Hayotda o'z mavqei va o'rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Shaxsning faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san'atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o'rganadi. Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir. Inson shaxsning xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik-shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o'xshashlarning yig'indisiga bog'liq. Bularning hammasini birga qo'shib, mujassamlashtirsak ikita bir xil odam bo'lmagan va bo'lmaydi. Har bir odam o'ziga mansub bo'lgan sinf millatiga xos. Ko'pgina umumiy sifatlarga ega bo'lish bilan bir qatorda o'zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu sifatlar uni ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc