shaxs va deviant xulq-atvor sotsiologiyasi. Reja: 1.SHAXS TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI; 2.DEVIANT XULQ-ATVOR TUSHUNCHASI, TURLARI(DELIKVANTLIK) 3.DYURKGEYM VA MORTONLARNING DEVIANT XULQ-ATVOR NAZARIYALARI; 4.Z.FREYD VA E.FROMMLARNING DESTRUKTIV NAZARIYASI. 1.SHAXS TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI Har qanday ijtimoiy tizimning bo'laklari kishilar hisoblanadi.Kishilarning jamiyatga kiritilishi turli birliklar orqali amalga oshiriladi.Xar bir aniq shaxs sotsial guruhlar,sotsial institutlar,sotsial tashkilotlar ,jamiyatda qabul qilingan qoida va qadriyatlar tizimi , ya'ni madaniyat orqali gavdalanadi Shaxs sotsial o'zaro ta'sir va munosabatlarning birlamchi omili bo'lib hisoblanadi.Shu jihatdan qaraganda shaxsning o'zi nima? Bu savolga javob berish uchun ,avvalo inson,individ,shaxs tushunchalarini bir biridan farqlab olish kerak. Shaxs bu insonning jismoniy tabiati emas,balki uning ijtimoiy sifatidir.Shaxs ehtiyojlari uning manfaatlari orqali namoyon bo'ladi.Manfaatlar esa uni maqsadli faoliyatiga yo'llaydi.Kishilarning ijtimoiy munosabatlari ularning xulqlarida ,eng avvalo manfaatlar tarzida namoyon bo'ladi.Bu esa o'z navbatida shaxs faoliyatining maqsadini,mazmuni va mohiyatini ifodalaydi Shaxs to'g'risidagi nazariyalar. 2.DEVIANT XULQ-ATVOR TUSHUNCHASI, TURLARI(DELIKVANTLIK) Deviantni guruh yoki jamiyatda ko'pchilik odamlar tomonidan qabul qilingan me'yor va me'yorlar yig'indisiga mos kelmaslik deb aytish mumkin. Chunki, xulq atvorning umumiy qoidalarini ko'pchiligimiz buzamiz. Ko'pchilik kichik o'g'irliklar, masalan, do'kondan biror narsaga haq to'lamay shaxsiy manfaatlar yo'lida foydalanish uchun olib ketish hollariga yo'l qo'yganmiz. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir nechta tasniflar mavjud: 1) alkogolni har-har zamonda iste'mol qilish; 2) alkogolni ko'p iste'mol qilish- spirtli ichimlikliklarni muntazam, ya'ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o'rtada tanaffus bilan ko'p miqdorda (200 ml dan oshiq); Bu ko'pincha alkogolizmga olib keladi. 3) alkogolizm-spirtli ichimliklarga patolik(muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish Foxishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikkita turga bo'lib o'rganiladi: 1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash. 2. Foxishabozlik-pul uchun o'z tanasini sotish, g'arbda asosan ikkinchisi qoralansada, sharqda ikkala holatga ham me'yordan oqish sifatida qaraladi. Bulardan tashhari, xalqimizda mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham me'yordan chekinishning diqqattalab ko'rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og'ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. Ma'lumki, ijtimoiy me'yorlar va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo'lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, G'indiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me'yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «qonunlar»da barcha huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, deb hisoblangan. Bunday qarashlar dastlab yunon va Rim faylasuflari asarlarida o'z ifodasini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
697.69 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
697.69 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: pptx