Shaxs va faoliyat. Faoliyat motivlari

Shaxs va faoliyat. Faoliyat motivlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs va faoliyat. Faoliyat motivlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Faoliyat turlari. Faoliyat motivlari va ularning anglaganlik darajalari. Ijtimoiy xulq motivlari va ularni o'zgartirish muammosi. Kishining faolligi uning ilk yoshligidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talabalariga ko'ra yo'naltirib boriladi. xatti-harakatning bu turi shu qadar xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin-faoliyat termini qo'llaniladi. Faollikning maxsus psixologik belgilarini ko'rib chiqamiz. Bunday belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni tamomila uni keltirib chiqargan ehiyoj bilan belgilanmaydi. Faoliyatning shakllari va mazmuni shart-sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi. Faoliyat faollik manbai bo'lgan ehtiyoj sifatida yuzaga chiqqan holda faollikning yo'naltiruvchisi bo'lgan anglanilgan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyat muvaffaqiyatli bo'lishi uchun psixika narsalarning xususiy obyektiv hossalarini aks ettirishi va ular bilan oldinga qo'yilgan maqsadga erishish usullarini ham belgilab berishi lozim. Faoliyat kishining xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro'yobga chiqarish, hususan olganda yuzaga kelgan ehtiyojlarni, o'ziga zudlik bilan qondira olmaydigan, yani bevosita madadga tayanmaydigan faollikni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash imkonini beradigan darajada boshqarishga qodir bo'lishi kerak. Demak, faoliyat bilish va iroda chambarchas bog'liq bo'ladi, ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas. Bunda ko'rinadiki, faoliyat-kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligdir. Faoliyatning barcha qolgan jihatlari - uning motivlari, bajarish usullari, axborotni tanlash, qayta ishlash anglanilgan bo'lishi ham, anglanilmagan bo'lishidan qatiy nazar, maqsad anglanishi hamisha muqarrar belgisidir. Bu belgilar bo'lmagan holda kishi tushunchasidagi faoliyat ham bo'lmaydi, balki impulsiv xatti-harakat yuz beradi. Bunday harakat bevosita ehtiyojlar va hissiyot bilan idora qilinadi. Faoliyatning amalga oshirish usullariga kelganda shuni aytish kerakki, ularning ko'pchiligi odatda ongdan tashqari holda yo'naltiriladi. Bunga misol sifatida odatlanib qolingan har qanday harakat: yurish, so'zlash, xat yozish, avtomobilni boshqarish kabilarni keltirish mumkin. Faoliyatning ikkinchi xususiyat shundan iboratki, u mehnat qurollarini tayyorlash, ular yordamida foydalanish qurollarini saqlash imkoniyatiga egaligidir. Uchinchidan, inson faoliyati jamoada va jamiyat uchun kechar ekan u ijtimoiy xarakterga ega bo'lib qoladi. Inson faoliyatining zaruriy sharti-psixik jarayonlar bo'lib, ular faoliyatning shartli xarakteristkasidir va shu bilanbirgalikda barcha psixik protsesslar faoliyat davomida shakllanadi, boshqariladi va amalga oshiriladi. Demak, inson faoliyati bilan uning psixik protsesslari doimiy o'zaro aloqada bo'ladi. A.N.Leontevning Faoliyat, shaxs, ong asarida faoliyat makrostrukturasi murakkab nerarxik tuzilishga ega ekanligi keltirilgan. Unga ko'ra inson faoliyati quyidagi bosqichlardan iborat: -yuqori bosqich: maxsus faoliyat -keyingi bosqich: harakatlar -so'nggi bosqich: jarayonlar -eng quyi bosqich: psixofiziologik funksiyalar anglanilgan motivlar tug'ilishi hisoblanadi. O'quv faoliyati kishining ijtimoiy foydali faollik ko'rsatishning har xil turlari uchun zarur bilimlar bilan qurollantirib qolmaydi, u kishida o'z psixik jarayonlarini idora qilishni ko'nikma va tajribalarni shakllantiradi. O'quv faoliyati shu tariqa kishini mehnatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.27 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.27 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga