Shaxs va faoliyatning emotsional-irodaviy ta'riflanishi

Shaxs va faoliyatning emotsional-irodaviy ta'riflanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs va faoliyatning emotsional-irodaviy ta'riflanishi - rasmi

Material tavsifi

Shaxs va faoliyatning emotsional-irodaviy ta'riflanishi Reja: Shaxs to'g'risida tushuncha. Individ - Bular quyidagilar: Individuallik Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga ko'proq darajada «jalb qilingan» individual fazilatlargina shaxsning xususan o'ziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chiqadi. Individual- tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shaqllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvosita ifodasi hisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog'liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shaxs Inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iborat: S. L.Rubinshteyn bo'yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega: E. Erikson konsepsiyasi bo'yicha shaxs rivojlanishining bosqichlari E.Erikson konsepsiyasiga ko'ra shaxs shakllanishida ushbu bosqichlarini birma-bir bosib o'tadi va har bir bosqichda insonning ichki dunyosida sifat o'zgarishlar, atrofdagi kishilarga bo'lgan munosabatlarida esa radikal (keskin) o'zgarishlar ro'y beradi. E.Erikson konsepsiyasi Shaxs xususiyatlarini quyidagi shart-sharoitlarga amal qilingan holda muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Qiziqishlar - biron bir sohada to'g'ri mo'ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to'la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivlar. Qiziqishlar bilishning doimiy qo'zg'atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi. Ular mazmuniga, maqsadiga, miqiyosi va barqarorligiga ko'ra tasnif qilinadi. Qiziqishlar - shaxs faoliyatini asoslashning muhim jihatilaridan biridir. Shaxs shakllanishida qiziqishlar va e'tiqod. e'tiqod - shaxsni o'z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko'rishga davat etadigan motivlar tizimidir. e'tiqod shaklida namoyon bo'ladigan ehtiyojlarning mazmuni - bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to'g'risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Shaxs shakllanishi o'zi yashaydigan odamlar guruhida va jamoasida, turli odamlar bilan bo'ladigan muloqotda, fikr almashuvda, birgalikdagi faoliyatda yo tezlashadi yoki susayadi. Jamiyatda yashayotgan kishida ta'lim-tarbiya berish ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda shaxs darajasiga ko'tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar tarkib topadi. Asosiy hissiy holatlar va ularning tashqi ifodasi Kishi sezgi, idrok qilgan, xotirasida qolgan ta'sirotlarga hech qachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday ta'sir ijobiy yoki salbiy, yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotni qo'zg'otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan to'xtatadi. Kishi tashqi yoki ichki ta'sir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan to'xtaydi, jasurlanadi yoki qo'rqadi, shubhalanadi va h.k. His-tuyg'ular kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan turli shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg'ular albatta ikki qutbli -ijobiy yoki salbiy, yani yoqimli va yoqimsiz bo'ladi. His-tuyg'ularning fiziologik asoslari Katta yarim sharlarning qobig'i tabiiy sharoitlarda qobiq osti markazlariga tormozlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi va his-tuyg'ularning tashqi ifodalari yuzaga chiqarilmasdan saqlanib qoladi. Agar miya qobig'i g'oyat kuchli qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida, ortiqcha charchash va mast bo'lish oqibatida me'yoridan ortiqcha qo'zg'atilgan bo'lsa, bu holda irradatsiya natijasida qobiqdan pastdagi markazlar ham qayta qo'zg'aladi, oqibatda odatdagi vazminlik yo'qoladi. Agar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.17 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.17 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga