Reja: 1. Shaxs va jamoa 2. Shaxs va muloqot 3. S e z g i l a r Shaxsning ijtimoiy mohiyati u mansub bo'lgan jamoa a'zolari bilan turlicha munosabatlarda namoyon bo'ladi. Chunki har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi. Oilada, bog'cha yoki maktabda, oliy o'quv yurti yoki ish joyida, qaerda bo'lmasin, shaxs odamlar guruhi, jamoa bilan munosabatga kirishadi. Takidlash joyizki, shaxs munosabatga kirishuvchi guruh va jamoalar hamma vaqt o'zgarib turadi. Ahil jamoa jamiyat manfaatlari bilan ayrim shaxs manfaatlarini o'z ichiga oladi. Bir tomondan, inoq va ahil jamoa shaxsning ijtimoiy baxt-saodati uchun xizmat qilishini uning xulq-atvorining yuqori mezoni qilib qo'yadi, ikkinchidan, shaxsga eng yuksak axloqiy sifatlarni singdiradi. Psixologiya fanida shaxs va jamoa o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning psixologik muammolariga doir masalani atoqli rus pedagoglari N.K.Krupskaya, S.T.Shatskiy, A.S.Makarenko kabilar ilmiy jihatdan yoritishga muhim hissa qo'shdilar. Bu olimlar tomonidan nazariy va amaliy jihatlardan asoslangan bu ta'limot jamoaning g'oyat katta tarbiyaviy ta'sir kuchidan oqilona foydalanishga asoslanadi. Darhaqiqat, jamoaning o'z a'zolariga samarali tarbiyaviy ta'siri shu jamoaning g'oyaviy yetukligi, uyushqoqligi va jipsligiga bog'liqdir.Shaxsning ongliligi, g'oyaviy va axloqiy yetukligi, erki, mustaqilligi jamoadagi umumiy axloqiy muhitga, onglilik darajasiga va umumiy manfaatdorlikka bog'liq bo'ladi. Shunday ekan, shaxs o'zi mansub bo'lgan jamoadagi turli xil munosabatlarga dadil kirishmog'i, o'z faolligini namoyon eta olmog'i zarur. Psixologik jihatdan jamoa guruhlardan iborat bo'ladi. Guruhlar mohiyat etibori bilan ikki xilga bo'linadi ; 1. Shartli guruh. 2. Real guruh. Ayrim belgilarga (yosh, jins, milliy, kasbiy va h.k.) asoslanib, qisqa muddat mobaynida birlashtirilgan odamlar uyushmasi shartli guruh hisoblanadi. Shartli guruh azosi nima uchun shu guruhga tushib qolganligini o'zi mutlaqo bilmaydi. Shartli guruhning ichki tartib-intizomi, umumiy qoidalari, jamoa oldidagi aniq burchi ham bo'lmaydi. Shartli guruh a'zolari o'rtasida inoqlik, o'zaro yordam, simpatik mazmundagi munosabatlar bo'lmaydi. Chunki ular avvaldan bir-birlari bilan tanishgan bo'lmaydilar, ularning umumiy maqsadi va manfaatdorligi ham bo'lmaydi. Shuning uchun bunday guruhni birlashtirgan shart amalga oshirilgach, guruh ham tugaydi, tarqaladi. Aniq maqsad, malum muddat asosida uyushgan, real munosabatlar yo'li bilan birlashgan odamlar guruhi real guruh hisoblanadi. Oila, bir sinf o'quvchilari, talabalar guruhi kabilar real guruhlardir. Real guruh a'zolari o'rtasida haqiqiy hamkorlik, o'zaro samimiy hurmat, iliq munosabat mavjud bo'ladi. Real guruh a'zolari hammasi uchun umumiy bo'lgan huquq va burchlarga ega bo'ladilar. Real guruh jamiyatning kichik bo'lagi (qismi) hisoblanadi, jamiyatning odob-axloq doirasida faoliyat ko'rsatadi. Real guruh ijtimoiy maqsadga ega bo'ladi. Real guruh tarkibida referent yoki etalon guruh ham mavjud bo'ladi. Referent yoki etalon guruh a'zolari shunday odamlar yig'indisidan iborat bo'ladiki, ulardagi fikr-mulohazalar, g'oyalar, ishonch-e'tiqod, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar o'zaro uyg'un bo'ladi. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.94 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.94 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc