Shaxs va muloqot

Shaxs va muloqot

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs va muloqot - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Individ va shaxs tushunchalari. 2. Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi 3. Shaxs xususiyatlari, barkamollikka intilish darajalari. 4. Shaxsning o'z-o'zini anglashi, «Men» siymosi. 5. Jamoa va guruhlar haqida tushuncha. 1. Odam dunyoga odam bo'lib keladi. subyektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda kilinadi. hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanok hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ»tushunchasida kishining nasl-nasabi xam mujassamlashgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqni xam, katta yoshdagi odamni xam, mutaffakkirni xam, aqliy zaif ovsarni xam, yovvoyi odamni xam, madaniyatli mamlakat kishisini xam individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo'lib etishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil kilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o'tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi sotsial fazilatlar majmuasi asosidagi shaxs tushunchasida ifodalanadi. Shaxsning o'zi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan bulsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiklagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir biriga o'xshashligini inkor etgan bulamiz. «Shaxs» va «Individ» tushuchalarining bir biriga o'xshashligini yetakchi psixologlar - B. G. Ananev, A. N. Leontev va boshqalar inkor etishadi. Sotsial munosabatlar tizimini uzida mujassamlashtirgan subyekt bo'lish degan manoni anglatadi. «Individ»va «Shaxs» tushunchalarining o'xshashligi emas balki birligi haqidagi fikr kuyidagicha o'rtaga kuyilishi mumkin bo'lgan savolga javob berilishini takozo qiladi: Shaxs deb hisoblanmaydigan individning mavjud bo'lishi yoki aksincha individning konkret soxibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo'lish fakti kursatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi xam, bunisi xam bo'lishi mumkin. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga etgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo'lak xech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon kila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo'lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo'ladi. hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o'rganish bu vazifani amalga oshirishning g'oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi. «Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir biriga mos kelmasligi va aynan o'xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon buladigan shaxslararo barqaror bog'lanishlar tizimidagina anglanilishi mumkin. tashqaridan shunchaki karaganda bu subek-subyekt munosabatidek kurinadi, chuqurrok yondoshadigan bulsak bevosita subyekt-subek aloqasi shunchaki uzicha mavjud bo'lishidan kura kuprok allaqanday obyektlar (moddiy yoki xayoliy) obyektlar vositasida namoyon bo'lishi aniklanadi. Bu individning boshqa individga munosabati faoliyat obyekti (subyekt-obyekt-subyekt) orqali namoyon bo'ladi, demakdir. Aytganlarning xammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.29 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.29 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga