Reja: 1. Shaxs savolnomalaridan foydalanish. 2. Ayzenk testi (bolalar varianti). 3. Ayzenk shaxs savolnomasi. ShAXS SAVOLNOMALARIDAN FOYDALANISh Shaxsni o'rganishda turli maxsus metodikalardan foydalanish bilan birga shaxsning kizikishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofidagi odamlar bilan munosabatiga va boshqalarga tegishli savonomalar xam keng kullaniladi. Savolnomalar yordamida tadqiqot o'tkazish eksperimental psixodiagnostik tekshiruv o'rnini bosmaydi, ularni tuldiradi, chuqurlashtirishi mumkin. Bolalarni tekshirishda foydalanish o'z xususiyatlariga ega. Masalan: bola mustaqil ravishda savolnoma qog'ozini tuldirishi mumkin emas, chunki savolni noto'g'ri tushunib, noto'g'ri javob berishlari mumkin. tadqiqotchi bolani savol bilan tanishtiradi, uning manosini tushuntiradi, shundan sung javobni maxsus qog'ozga belgilab kuyadi. AYZYeNK TYeSTI (bolalar varianti) Ayzenk testi orqali shaxsning individual-psixologik xususyatlarini, shuningdek uning asosiy shaxsiy xislatlari -ekstravertlik- introvertlik va turgunlikni o'rganishga mo'ljallangan. Kattalarga mo'ljallangan ikki («A» va «V») variantlari va bitta bolalar varianti mavjud. Savolnomaning kattalar uchun 45 savoldan iborat bo'lib, shundan 24 savol ekstavert va introvertlikni aniklashga qaratilgan, yana 24 savol esa bolalarning neyrotizmik darajalarini aniklashga qaratilgandir, shuningdek 9 tasi esa «yolgonchilik» shkalasidan iborat bo'lib, sinaluvchining kay darajada xakkoniy javob berayotganligini aniqlash mumkin, «kalit bilan mos tushgan javoblar 1 ball bilan baholanadi. («xa» yoki «yuk» javoblari). 12 balldan kam ko'rsatkich itrovertlikdan dalolat beradi. 1-balldan ortik bulsa ekstrovertlik aniklanadi. Neyrotizm (turgunlik) shkalasi bo'yicha 1-baldan ortik ko'rsatkich hissiy noturgunlikni aks ettiradi. Yolgonchilik shkalasi bo'yicha 4-5 ball tanqidiy ko'rsatkich bo'lib, sinaluvchining savollariga fakat «yaxshi» javob berishga moyilligidan dalolat beradi. Bu esa nevrotizm, ekstra va introversiya shkalalari bo'yicha ko'rsatkichlarning ishonchligiga ta'sir qiladi. qoidaga ko'ra, sinaluvchi savollarga javob berayotganda, unda aks etgan xulk-atvor modelini yoki tasdiklaydi yoki inkor etadi. Maxsus kalit-jadval yordamida ekstroversiya, introversiya, turgunliklarini aks ettiruvchi xarakterli xususiyatlar aniklanadi. Tipik-ekstrovert boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqot qilishga, yangi tasurotlarga doimo intiluvchan odam. Ulfatlarni yoktiradi, ko'p dustlari va tanishlari bo'lishini xoxlaydi, beparvo, umid, ishonch bilan tulgan, kulishni yoktiradigan odam. Tajavuzkor, serjaxl, ta'sirchan inson bo'lib, kupincha nazorat kila olmaydi, tanishuvchi odatda yaqinlashish uchun birinchi so'z boshlaydi va shugullanishni yoktirmaydi. Tipik-introvert- qiyinchilik bilan muloqotga kirishuvchi, uyatchan ogir, o'z ichki dunyosiga kumilgan, o'z-o'zini kuzatadigan inson. U o'z harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi, kutilmagan istaklarga ishonmaydi. U kuzgalishni, tartibni yoktiradi, hayotda jiddiy, his-tuyg'ularini qattiq nazorat ostiga olgan, kamdan-kam jaxli chikadi, kizishib ketmaydi, muloqotdagi va janjallardagi kelishmochiliklarini jim turib tuxtatishga intiladi. U diqqatni kuchli bir joyga tuplaydigan va kam harakat talab kiladigan faoliyat turlarini yoktiradi. Tipik ekstrovert va introvertlar kolgan boshqa kupchilik odamlar joylashadigan kutblar hisoblanadi. Ayzenk savolnomasi bo'yicha tipik nevrotik kisman Freyd g'oyalari asosida ishlangan bo'lib, onglilik va ongsizlik o'rtasida yorkin nizolarni xarakterlaydi, shuning uchun ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc