Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari

Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Avtoritar va shaxsga yo'nartirilgan o'qitish texnologiyalarning mohiyati. 2. Amaliy pedagogik o'yinlar. 3. Muammoli o'qitish texnologiyasi. 4. Dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasi. Tayanch tushuncha va iboralar: Milliy dastur maqsadi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, ta'limni indivuallashtirish, bilimlarning harakatchanligi, tanqidiy fikrlash, kasbiy foliyatga ijodiy va moslanuvchanlik, avtoritar o'qitish texnologiyasi, ishbilarmon o'yinlar, muammoli o'qitish, dasturlashtirilgan o'qitish, insonparvarlik, hamkorlik, erkin tarbiyalash, shaxsga yangicha yondashish, munosabatlarni demokratiyalashtirish, majburlashsiz o'qitish. Malumki, «ta'lim to'grisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofik Respublikamizda ommaviy ta'lim doirasini tobora kengayib borish ko'zda tutilgan. Chunki bu qonunga muvofik mamlakatimizda 12 yillik majburiy ta'lim joriy etildi. Yoppasiga o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim sharoitida hamda oliy ta'limning yoppasiga 2 bosqichli tizimga, yani bakalavriat, magistraturaga o'tishi munosabati bilan pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib bormokda. Bu esa o'z navbatida, ta'lim jarayoniga tajribali va tajribasiz, istedodli va istedodsiz pedagoglarni jalb qilishni takozo etadi. Bunday sharoitlarda Davlat ta'lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash «oddiy» pedagog tomonidan fakat pedagogik texnologiyalarni ko'llab, amalga oshirilishi mumkin. Aynan ana shu maqsadda, mamlakatimizning ta'lim sohasidagi asosiy hujjatlarida pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etish, kadrlar tayyorlash tizimida fanning asosiy vazifasi etib belgilangan. o'quv jarayoni texnologik tayyorgarligining o'zagi bo'lib, o'qitish jarayoni hisoblanadi. Shuning uchun «texnologiya»ni o'qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri hisoblanadi. o'qitishning zamonaviy texnologiyalarini ko'llash, o'qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Endi shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda dolzarb bo'lib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar ta'limning hozirgi kuni, kelajagi bo'lib kolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha to'xtalamiz. Oliy ta'limda an'anaviy o'qitish texnologiyasi o'zining kator xususiyatlariga ko'ra zamonaviy ta'lim ehtiyojlariga tobora zid bo'lib bormokda. Chunki, mazkur o'qitish texnologiyasida pedagogikaning talabaga munosabati avtoritar xarakterga ega, yani ta'lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo'ladi, talabalar esa fakatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. boshqacha qilib aytganda avtoritar o'qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo'koladi, o'qitish majburiy yo'sinda amalga oshiriladi. Xanuzgacha jahonda eng ko'p tarkalgan o'qitishning sinf-dars tizimida mashg'ulotlari asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bagishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi. an'anaviy o'qitish texnologiyasining kusurlari ustida to'xtalib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) Prezident Islom Karimov bolalar kaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o'rgatiladimi? degan savollarni ko'ydilar va ularga kuyidagicha javob berdilar: «Aminmanki, o'rgatilmaydi. Mobodo biror o'quvchi o'qituvchiga etiroz bildirsa, ertaga u xech kim havas kilmaydigan ahvolga tushib koladi. Maktabdagi jarayonda o'qituvchi xukmron. U boladan fakat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. prinsip xam tayyor: «Mening aytganim-aytgan, deganim-degan». Demak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.36 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.36 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga